"Bugungi savodxonlikning bahosi SSSR zamonidagi 3"

Image caption Har ikki yilda 1 million yosh maktabni tugatib mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda.

25 may kuni O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq yangragan.

Bu yil mamlakatda maktablarni yarim milliondan ortiq bola tamomlagan.

Mahalliy matbuot xabar qilishicha, O‘zbekistondagi umumta‘lim maktablarini yakunlagan bolalarning soni 533600.

O‘quv yili yakuni arafasida yoshlar orasida so‘rov o‘tkazilgan.

480 mingdan ortiq bola o‘qishini kollejlarda, 50 mingdan ortiq o‘quvchi esa litseylarda davom ettirmoqchi ekanligini aytgan.

O‘zbekistonda 1997 yilda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" deb atalgan dastur qabul qilingan, ushbu dasturning hayotga tatbiq etilishi o‘zbekistonliklarning umumiy savodxonligiga qanday ta‘sir ko‘rsatgani mustaqil tadqiq qilinib o‘rganilmagan.

O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatdagi maorif tizimi boshqalarga o‘rnak bo‘lgudek.

Rasmiy minbarlardan ta‘lim tizimiga davlat byudjetidan yirik mablag‘lar ajratilayotgani, yangi o‘quv muassasalari binolari barpo etilayotgani aytiladi.

Biroq mustaqil tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi yoshlarning umumiy savodxonligi darajasi tobora pasayib bormoqda.

Maoshi yetmagani sababli o‘qituvchilikni tashlashga majbur bo‘lgan, o‘zining ismi-sharifi e‘lon qilinishini istamagan pedagog so‘zlariga ko‘ra, u o‘z kuzatishlaridan kelib chiqib, bugungi maktab o‘quvchilarining umumiy savodxonligi darajasi ko‘rsatkichini 70 dan baland, deydi.

Bu Sho‘rolar zamonidagi "3" bahoni anglatadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi