Bahs: O‘zbekistondagi siyosiy merosxo‘rlik masalasi

O‘zbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Rafiq Sayfullin Prezident Karimovning o‘rniga kim kelishidan qat‘iy nazar, uning so‘nggi 20 yilda olib borgan siyosatini davom ettirishini aytgan.

O‘zbekiston hukumatiga yaqin siyosatshunosning Central Asia Monitor nashriga aytishicha, Prezident Karimovning o‘rniga da‘vogarlik qiladiganlar ko‘p. "Kim kelishidan qat‘iy nazar, O‘zbekiston dunyoviy va demokratik rivojlanish yo‘lida davom etadi", degan janob Sayfullin.

O‘zbekistondagi siyosiy merosxo‘rlik masalasi shu kunlarda internetda paydo bo‘lgan ikki yirik maqolaning asosiy mavzusi bo‘lgan. Ularda mualliflar- muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakati muvofiqlashtiruvchisi Namoz Normo‘min hamda "Birlik Xalq Harakati partiyasi" raisining o‘rinbosari Po‘lat Oxunovlar mamlakatdagi siyosiy jarayonlarning rivojiga doir o‘z qarashlarini bayon etishgan.

Muxolifat vakillaridagi mushtarak nuqta Prezident Karimov iste‘fo berishi kerak, degan fikrdir. Biz mualliflarni suhbatga tortdik va avvaliga Po‘lat Oxunovdan Karimov nima uchun iste‘fo berishi kerak, deb so‘radik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi