BMTning inson huquqlari bo‘yicha mulozimi O‘zbekistonga safar qilmoqda

O‘zbekistonga safar qilayotgan Birlashgan Millatlar Bosh Kotibining Inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi Ivan Simonovich Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlubov bilan uchrashgan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, tomonlar huquq-tartibot idoralarida olib borilayotgan isloxotlarni muhokama etganlar.

Davlat xabar agentligi O‘zA BMT mulozimining O‘zbekistondagi isloxotlar "yuksak natijalar berayotgani" haqidagi so‘zlarini keltirgan.

O‘zbekiston militsiya va xavfsizlik idoralari inson huquqlari buzilishining eng yomon ko‘rinishlari, jumladan, qiynoqlar uchun mas‘ul ko‘riladi.

BMT mulozimi seshanba kuni Toshkentda ayrim fuqaro jamiyati vakillari bilan ham uchrashgan.

Uchrashuvda ishtirok etgan huquq faoli Suhrob Ismoilovning BBCga aytishicha, Simonovich janoblari mamlakatdagi huquq faollarining ahvoli bilan qiziqqan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi