Rossiyada muhojirlar "asirlar" kabi olib ketilgani g‘azab uyg‘otdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Kuni kecha internetda Rossiyada olingan bir video bahsu munozaralarni uyg‘otdi.

Unda Rossiya maxsus kuchlari bir necha yuz odamni ushlab, urush asirlari kabi qo‘lini boshlariga qo‘ygancha Moskva ko‘chasidan olib ketayotgani tasvirlangan.

Bular aksar o‘zbek va tojik muhojirlari bo‘lib, Rossiya hukumati ularni noqonuniy ravishda yashab ishlagan deb aytmoqda.

Ammo, odamlarni asirlarni va yo og‘ir jinoyatchilarni olib o‘tgandek ko‘chadan namoyishkora olib o‘tilishi ko‘pchilikni g‘azablantirgan.

Ayrimlar bu xuddi fashistik Olmoniya Ikkinchi jahon urushida asirlar va kontslagerga jo‘natilgan odamlarga shunda munosabat qilganini eslatishmoqda.

Ko‘chadagi bir haydovchi tasodifan qo‘l telefoniga tushirib, internetga qo‘ygan bu videodagi tasvir borasida yana nimalar ma‘lum?

Bu savol bilan Moskvadagi mustaqil jurnalist Sohiba Hayitboyevani suhbatga tortdik.