Amerikalik muslima Suriyadagi janglarda halok bo‘ldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Suriyadagi janglarda halok bo‘lgan amerikalik Nikol Mansfildning yaqinlari uning "ongi zaharlangan" deb ishonishlarini aytishgan.

Suriya davlat televideniyesi 33 yoshli Mansfildning o‘tgan payshanba isyonchilar bilan janglar chog‘ida o‘ldirilganini aytgan.

Oilasi uning qachon va qanday Suriyaga borib qolganini bilmaydi.

Aytilishicha, Nikol Mansfild bundan bir necha yil avval Islomni qabul qilgan.

U Suriyadagi janglarda halok bo‘lgan birinchi amerikalikdir.

BBC muxbiri Rajini Vaidyanatan lavhasi.