Turkiyalik o‘zbek: "Mahallamiz qozon-tovoqlar bilan namoyishga chiqayapti"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Turkiyada davlat idoralari ishchilari ikki kunlik ish tashlashga shaylanishgan. Istanbulda istirohat bog‘idagi qurilish rejalari ortidan chiqqan zo‘ravon namoyishlar to‘rtinchi tundirki davom etgan. Namoyishchilarning parkdan suv purkagichlar va ko‘zni yoshlatuvchi gaz bilan quvib solinishi ortidan chiqqan g‘azab Turkiya bo‘ylab tarqalgan va bir necha shaharlarda aksil-hukumat noroziliklarni keltirib chiqargan.

Janubdagi Atakiya shahrida ikkinchi talafot yuz bergan - u yerda 32 yoshli namoyishchi qurolli kishi o‘qidan halok bo‘lgan. Ayni damda Bosh Vazir Rajab Toyib Erdo‘g‘an inqirozga qaramay, Shimoliy Afrika bo‘ylab safarga chiqqan. U noroziliklar tez orada so‘nishini bashorat qilmoqda.

Istanbulning Ovro‘po qismidagi mavzelardan birida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik tinglovchi o‘z atrofidagi namoyishlarni tasvirlab berdi.