Ikki qo‘lsiz qiz qanday uchuvchi bo‘ldi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Amerikalik Jessika Koks ikki qo‘lsiz tug‘ilgan.

Ammo bu uni hayotda ulkan yutuqlarga erishishdan to‘xtatib qololmadi.

Jessika pianino chaladi, sport bilan shug‘ullanadi, avtomashina haydaydi va endi samolyot uchuvchisi ham bo‘ldi.

Hozir Habashistonga borib, u yerdagi nogiron bolalarga yordam beradi, ularni hayotga tayyorlashga o‘rgatadi.

Jessika BBC bilan suhbatda o‘z muvaffaqiyat va orzulari haqida so‘zlab berdi.