Tolibon garovga olingan Qirg‘iziston fuqarosini ozod etdi

Afg‘oniston Toliboni shu yil aprelidan buyon ushlbu turgan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘yib yuborgani haqida xabar qilgan.

21 aprel kuni tikuchar buzilishi sababli Lo‘g‘ar viloyatiga qo‘nishga majbur bo‘lgan, bu hududlar esa Tolibon nazoratidagi hududlardir.

Tikucharda bo‘lgan sakkiz nafar Turkiya fuqarosi, bir Rossiya, bir Qirg‘iziston fuqarosi va Afg‘on tarjimonni Tolibon jangarilari qo‘lga olgan edilar.

Noma‘lum joydan "Frans Press" axborot agentligiga qo‘ng‘iroq qilgan Tolibon so‘zchisi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Qirg‘iziston hukumatiga yaxshi niyat belgisi sifatida qirg‘izistonlik ozod qilingan.

Mujohid so‘zlariga ko‘ra, "u Islomiy mamlakatiga islomiy va insonparvarlik ishorasi sifatida ozod qilingan".

Jangarilar bundan oldin Turkiya fuqarolarini qo‘yib yuborgan edilar.

Tolibon voizi aytishicha, Rossiya fuqarosi va Afg‘on tarjimon hamon tutqunlikda ushlab turilipti, ular so‘roq qilinayapti.

"Frans Press"ning nega Afg‘on qo‘yib yuborilmayotgani haqidagi savoliga Zabihulloh Mujohid, uning "josuslik idoralariga ehtimoliy aloqasi" o‘rganilayapti, deb aytgan, lekin u qatl qilinmaydi, deb qo‘shimcha qilgan.

Turkiyaning Afg‘onistonda 1800 harbiysi bor, ammo ular jangovor amaliyotlarda ishtirok etmaydilar.

Qirg‘iziston Afg‘onistonga qo‘shin yubormagan, biroq poytaxt Bishkekdagi "Manas" aeroporti Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari uchun muhim Tranzit markazi hisoblanadi.