"Turkiya rahbarlari orasida bir fikrlilik bo‘lmayapti"

Image caption "Turkiya rahbarlarining fikri bir joydan chiqmayotgani vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda"

"Turkiyada voqealar biz uchun imtihon bo‘ldi", deb aytgan Bosh vazir Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshqaruvdagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tartibsizliklarni keltirib chiqargan sabablarni o‘rganmoqda.

"Biz bu faktlarni tahlil qilyapmiz. Nima uchun yoshlar bu kabi yo‘l tutdilar? Biz hammani eshitamiz. Va har bir qonuniy talablarni tushunishga harakat qilamiz", deb aytgan Erdo‘g‘an. Shu bilan birga Bosh vazir namoyishchilarning tartibsizliklarni keltirib chiqarganlarini qoralagan: Geza bog‘ini himoya qilayotganlarini aytib turib, qanday qilib atrof muhitga bunchalik zarar yetkazish mumkin? Devorlarga yozib tashlash, bekatlarni buzish, kechasi bilan idish-tovoqlarni taraqlatish bu atrof-muhitni zarar keltirish emasmi? Bu tabiatni himoya qilish emas, balki saylovlarda maqsadiga erishmaganlarning o‘z niyatiga yetishga urinishi deb baholash kerak", degan janob Erdo‘g‘on.

Bosh vazir shuningdek Taqsim maydonini tozalashda qatnashgan huquq tartibot xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.

Ayni paytda Turkiyada keng miqyosda tarqalib ketgan namoyishlarga yo‘l qo‘ymaslik mumkinligi haqida turli fikrlar bildirilmoqda.

Hukumatning masalani yechish uchun noto‘g‘ri yo‘l tutib qurbonlar berilgani qoralanmoqda.

Turkiya politsiyasi Istanbul shahridagi Taqsim xiyobonini namoyishchilardan tozalash Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on norozilik namoyishi tashkilotchilari bilan ertaga uchrashishga rozi bo‘lganidan keyin boshlangan.

Biz Turkiyadagi vaziyat haqida u yerdagi ziyolilardan biri Temur Xo‘ja bilan suxbatlashdik.

Temur Xo‘janing aytishicha, muammoni hal qilish uchun Turkiya rahbarlarining fikri bir joydan chiqmayapti va bu vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

"Bosh vazir, Prezident va Bosh vazir o‘rinbosari aytayotgan gaplarda muvozanat, uyg‘unlik yo‘q. Ular bir-biridan farqli nuqtalarda gapiryaptilar. Bosh vazir bog‘ loyihasi bo‘yicha o‘zining ilgari bildirgan mavqeida qattiq turibdi. Prezident esa hukumatni xalqning aytganlariga quloq berishga chaqirmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Bulat Arinj "bo‘lgan voqealar bizga yaxshi saboq bo‘ldi, bundan bir yaxshi ish chiqaraylik", demoqda. Shu boisdan aholi o‘rtasida kimning fikriga quloq tutishni bilmay shubhalar paydo bo‘lib qoldi", deydi Turkiyadagi ziyoli Temur Xo‘ja janoblari.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi