Qirg‘iz-Tojik chegarasidagi "mojaro hal qilindi"

Rasmiylarga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi bahsli hududda mahalliy aholi o‘rtasida kelib chiqqan tarang vaziyat hal etilgan, hududni chegarachilar qo‘riqlayapti.

Hodisa Qirg‘izistonning Botken viloyati Samarkendek qishlog‘i va Tojikistonning Sug‘d viloyati Isfara tumaniga tegishli Surx qishloqlari o‘rtasidagi yer ustidan kelib chiqqan.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, 10 iyun kuni ikki qishloq orasidagi hududga Surx qishlog‘i aholisi qum to‘ka boshlaganlar, bu o‘sha joylarni o‘zlashtirib olish maqsadini ko‘zlagan.

Samarkendek qishlog‘i odamlari bundan g‘azablanganlari, surxliklarni o‘zboshimchalik bilan Qirg‘izistonga tegishli yerga qum to‘kishni to‘xtatishni talab qilganlarini aytishgan Botken viloyati rasmiylari.

Dahanaki janjal payti ikki tomondan ham olomon to‘plana boshlagan.

Samarkandek qishlog‘i qirg‘izlari va Surx qishlog‘i tojiklari aytishlaricha, ikki tomonda 600 tacha odam to‘plangan va har daqiqada mushtlashish boshlanib ketishi mumkin edi.

Eng so‘nggi daqiqada militsiya xodimlari va chegarachilar mushtlashishga tayyor olomonni to‘xtatib qolganlar.

"Agar mabodo bir tosh otilsa, keyin uning oqibatlarini to‘xtatib bo‘lmas edi", deb aytgan jurnalistlarga Botken militsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulan Risbekov.

Botken viloyati yashlovchilari aytishicha, Surx qishlog‘i yashovchilari borgan sari ko‘p hududni o‘zlariniki qilib olayaptilar, biroq bu hududlarga Qirg‘izistonga tegishlidir.

Tomonlar qo‘shni tarafni o‘zlariga tegishli chorva boqiladigan yaylovlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirayotganlikda ayblaydilar.

Biroq rasmiylarga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 2008 yilda o‘zaro kelishuv imzolangan va unga ko‘ra bahsli hududda qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlangan.

"Biz odamlar bilan bir necha soat mobaynida muzokara olib bordik. Shundan keyin ular tarqaldilar. Hozirgi mojaro hal qilindi, lekin Tojikiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralarini dilimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari to‘la hal qilinmasa, bunday mahalliy janjallar bundan keyin ham kelib chiqadi", deb aytgan Tojikistonning Isfara tumanidagi Chegara bo‘limi rahbari Alisher Hanifov.

Tojik chegarachilariga ko‘ra, Tojik-Qirg‘iz chegarasidagi Isfara tumanida 39 ta bahsli hudud bor va bu hududlar ustidan muntazam janjallar bo‘lib turadi.