O‘sh panoramasi: BBCda yangi shakldagi multimedia loyiha

Image copyright Storyscape

Qirg‘iziston janubidagi asosiy shahar O‘shga maxsus loyihamiz bilan safar qiling.

Shahar 2010 yilgi etnik zo‘ravonliklardan keyin hamon o‘ziga kelmoqda.

Shahar yashovchilarining turli fikrlari bilan tanishing.

Biz bu loyiha ustida bir yil ishladik.

Ayni maxsus loyihamiz bilan turfa insonlarning hikoyalarini va ko‘z qarashlarini aks ettirmoqchimiz.

Filmlar, suratlar, musiqa va axborot bilan biz O‘shning yurak urishiga siz bilan birga quloq tutamiz.

Hikoya shu yerda boshlanadi.

O‘shga marhamat qiling

O‘sh Markaziy Osiyoning yuragi sanalmish Farg‘ona vodiysining qadim shaharlaridan biridir. Hali dunyo bor bo‘yi bilan tanimagan mintaqaga darichalardan biri. O‘sh jarohatlariga davo qidirmoqda. 2010 yildagi etnik zo‘ravonliklarda qariyb besh yuz kishi qurbon bo‘ldi. Bu sahifalar turfa qarashlarga joy beradi. Yangiliklar ortidagi hayot haqiqatlarini jonlantiradi.

Hikoyalar Bo‘limida siz voqea-hodisalarni uzluksiz film sifatida kuzatishingiz mumkin. Panoramada esa shaharda sayr qilsangiz bo‘ladi. O‘sh manzarasini tomosha qilasiz. Shahar ovozlarini tinglaysiz. O‘shliklar bilan uchrashasiz. Shahar bilan yana ham yaqindan tanishmoqchi bo‘lsangiz unda Kutubxonamizga kirib tahlillarni o‘qiysiz. Nazmu navodan bahramand bo‘lasiz. Rasmlarni tomosha qilib, xabarlar bilan tanishasiz.

Hammasi shunday boshlangandi...

Ammo loyiha davomiydir, biz uni yangi filmlar, suratlar va hikoyalar bilan boyitib boramiz.

Siz ham o‘z hikoyalaringiz, fikr va mulohazalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Ma‘lumot: Siz bu linkga ulanib boshqa bir websahifaga ko‘chasiz.

Yuqorida berilgan link ishlamasa, mana bu internet manzili nusxasini brauzeringizga ko‘chirib, izlab topishingiz mumkin:

http://www.storyscapes.org/index.php?language=2

O‘sh loyihasi BBC Jahon Xizmati va Storyscapes dasturi hamkorligida tayyorlangan