Turkmanistonda ikki fuqaroligi bor shaxslarga biometrik pasport beriladi

Image caption O‘tmishda ikki fuqarolikka ega shaxslarga yangi pasport berishmagan.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotiga ko‘ra, ertaga, ya‘ni dushanba kunidan boshlab Turkman rasmiylari ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslarga biometrik pasport berishni boshlaydilar.

O‘tmishda mulozimlar ham Rossiya ham Turkmaniston fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga yangi pasport berishmagan.

Ular 2007 yili qabul qilingan Turkmanistonning yangi konstitutsiyasiga asoslanib, ikki fuqarolik ko‘zda tutilmagan deb tushuntirishgan.

Lekin nima sababdan Turkmaniston xukumati o‘z qarorini o‘zgartirdi? Suxbatdoshimiz turkmanistonlik jurnalist va xuquqbon Farid Tuxbatulin.

Farid Tuxbatulin: Bu Turkmanistonda qolib ketgan o‘n minglab odamlar uchun katta muammoga aylanayotgandi. Ular o‘zlari, yoki yaqinlari Rossiyaga turli sabablar tufayli -- farzandlari o‘qiydimi yoki ish ilinjidami -- bemalol chiqib yurishlari uchun Rossiya pasportidan foydalanishgan. Agar ularga pasport berilmaganida edi, ularning huquqlari poymol etilgan bo‘lardi. Biz, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida, bu muammoning xal etilishiga aralashishga to‘g‘ri keldi. Biz Ovrupo Ittifoqining turli tashkilotlariga murojat qilganmiz, hattoki Rossiya xukumatiga xam yozganmiz.

BBC: Rossiya xukumatining munosabati qanday bo‘ldi?

Farid Tuxbatulin: Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham turkman rasmiylarining mazkur qaroriga bayenot chiqarish bila munosabat bildirdi. Biroq vazirlik bayonotda ba‘zi yon berishlarga borishga majbur bo‘lgan. 2003 yili Turkman tomoni ikki fuqarolik borasidagi shartnomadan bir tomonlama chiqishga qaror qilgandi. Ammo Rossiya bu shartnomaga rioya qilib keldi va Turkmanistonda istiqomat qilgan fuqarolarga Rossiya pasportlarini berishda davom etdi. Shuning uchun, 2003 yildan keyin Rossiya fuqaroligiga erishgan shaxslar o‘rtasarson bo‘lib kelishayotgandi. Umid qilamanki, Rossiya bu shaxslarni xam o‘z fuqarolari deb tan oladi. Lekin Turkmaniston xukumati ularni qay yo‘sinda ko‘rishlari bu katta muammo.

BBC: Demak bu odamlar noqonuniy xolatga tushishlari mumkin, shundaymi?

Farid Tuxbatulin: Xa shunday bo‘lishi mumkin, agar Rossiya dumasi ikki fuqarolik borasidagi shartnomaning uzilishini ratifikatsiya kilsa, Turkmanistonda ularga turkman passportlarni berish uchun xukukiy asos qolmaydi. Bu guruxdagi odamlar Turkmanistonni yo tark etishga yoda Turkmanistonda chet ellik mavqeida yashashga majbur bo‘lishadi.

BBC: Turkmaniston xududida Rossiya fuqaroligiga ega qancha turkman fuqarolari yashayapti?

Farid Tuxbatulin: Bizning ma‘lumotlarimizga ko‘ra, Turkmaniston bo‘ylab 43 ming yashaydi. Ularning aksariyati Rossiyaga ketib bo‘lgan, qolganlari esa Turkmanistonda istiqomat qiladilar.

BBC: Turkman fuqarolariga Rossiya pasporti nima uchun kerak?

Farid Tuxbatulin: O‘z vaqtida bu juda katta yordam bergan. 1992 yili Trkmanboshi viza rejimidan chiqib, odamlar boshqa MDX davlatlariga borish uchun viza olishlari kerak edi. Ular nafaqat qo‘shni O‘zbekistonga, Rossiya va Ukrainaga ham viza olib safar qilishga majbur edilar. Rossiya pasporti qo‘lida bo‘lganlar esa sobiq Sovet xududida bemalol xarakat kilish imkoniga ega edilar. Ya‘ni Rossiya pasporti ular uchun ta‘biri joiz deraza tuynugidek xizmat qilgan. Turkmanistonda iqtisodiy axvol yomonlashgani sayin, ishsizlik o‘sib, va milliy muammolar keskinlashib ketishi ortidan, Rossiya fuqaroligiga ega shaxslar shaxslarning ko‘pi mamlakatni butunlay tark etishdi. Natijada ba‘zi oilalar bo‘linib ketdi. Keksa odamlar Turkmanistonda yashab, farzandlari Rossiyada ishlamoqda, ya‘ni shu paytgacha ular biri-birini vizasiz ko‘rishga muvafaq bo‘lganlar. Agar Turkmaniston bu odamlarga o‘z pasportlarini bermaganida, ular faqat viza olib kelib ketishlari mumkin bo‘lardi. Turkmanistonga viza olish esa juda qiyin ish.