Turkiyada Bosh vazir Erdo‘g‘an qanchalar dastakka ega?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Istanbuldagi Gezi istirohat bog‘ini buzish rejalari 28 may kuni boshlangan noroziliklar aksilhukumat namoyishlariga aylanib ketdi.

Orada Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘anning iste‘fosi ham talab qilindi. Ammo, janob Erdo‘g‘an mamlakatda yirik dastakka ega.

Bosh vazir tarafdorlari u qudratga kelganidan beri o‘tgan 10 yil asnosida mamlakat iqtisodi uchun juda ko‘p mehnat qilgani va ko‘plarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirganini aytishadi. U uch bor umumiy saylovlarda g‘alaba qilarkan, ayni mana shu - iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari yuqori baholangandi.

BBC muxbiri Kris Morris Turkiya markazida joylashgan Qaysari shahriga borib, Erdo‘g‘an janoblari tarafdorlari bilan uchrashgan