Beshinchi qavatdan tushib ketgan qizaloq omon qoldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xitoyning Chjetsyan viloyatida yemak tashuvchilar beshinchi qavatdan tushib ketgan qizaloqni ushlab qolishgan.

Ular tepadan yig‘i ovozini eshitishgan.

Birvarakayiga qo‘llarini ochib, qizaloqning tushishini to‘xtatib qolgan ishchilardan kamida ikki nafari jarohatlangan.

Qizaloq esa yuzida kichkina jarohat bilan qutulib qolgan.

Qiqi ismli qizchaning ota-onasi uni uxlayotgan payti yolg‘iz qoldirib ketganliklari, ammo uyg‘ongach, derazadan sirg‘alib tushganini aytishgan.