Xitoylik fazogirlari Yerga qaytishdi

Xitoydan uchirilgan "Shenzhou-10" fazo kemasi 15 kunlik parvozdan so‘ng Yerga qo‘ndirildi.

Ushbu parvoz Xitoy tarixida fazoni o‘rganish uchun amalga oshirilgan eng uzoq parvoz, deya aytilmoqda.

Fazo kemalarini uchirish Xitoyda 10 yil avval boshlangan va "Shenzhou-10" fazoga uchirilgan beshinchi kemadir.

Kemaning sog‘-omon qo‘ndirilgani xabar qilinganidan so‘ng parvozni boshqarish markazidagi xodimlar qarsaklar bilan o‘z xushnudliklarini izhor qilishgan.

Kemadan birinchi bo‘lib kema sardori Ni Heysheng chiqib keldi, undan so‘ng yanga ikki fazogir.

Ni Heysheng xitoylik fazogirlar orasida fazoda eng ko‘p vaqt o‘tgazganlaridandir.

Bu galgi parvozda ayol fazogir Vang Yaping ham ishtirok etgan. Bu xitoylik ayol fazogirning ikkinchi marotaba fazoga uchirilishidir.

Xitoy fazoga doimiy stantsiya olib chiqish rejalari ham borligini ma‘lum qilgan.