Misrda ommaviy namoyishlar boshlanishi kutilmoqda

Image copyright Reuters

Muhammad Mursiy tarafdorlari mamlakatning yirik shaharlarida namoyishlar o‘tkazishlarini aytishgan. Hafta oxirida muxolifatning chiqishlari kutiladi.

Misr shimolida Muhammad Mursiy tarafdorlari va muxolifatchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan.

Zo‘ravonliklar natijasida bir inson halok bo‘lgan, bir qanchasi jarohatlangan.

Mursiy siyosatiga qarshilar prezidentning iste‘fosini talab qilmoqda, ularning fikricha Mursiy mamlakatning iqtisodini ko‘tarish uchun kam ish qildi.

Prezident qudratga kelganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan chiqish qilgan.

Janob Mursiy shuningdek namoyishlar mamlakatni falaj holatiga olib kelishini aytib, uni to‘xtatishga chaqirgan.

Ayni paytda Qohira va yirik shaharlarda tartibsizliklarning oldini olish maqsadida politsiya va armiya jalb qilingani aytilmoqda.