Rossiya: tikuchar yerga qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi

Image copyright RIA Novosti
Image caption Mi-8 Rossiyaning Sibir mintaqasida keng qo‘llaniladi

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Sibir mintaqasida naqliyot tikuchari halokatga uchragan.

Natijada 19 inson halok bo‘lgani xabar qilinadi.

Mi-8 rusumli naqliyot tikuchari Yoqutistonning Deputatskiy qishlog‘idan 66 kilometr uzoqlikda yerga qulagan.

Naqliyot tikuchari ichida 3 uchuvchidan tashqari yana 25 yo‘lovchi bo‘lgan, deya xabar beradi Moskvadagi Aviatsiya Qo‘mitasi.

Halokat yuzasidan tergov ishi ochilgan.

Tikucharlar Sibirning uzoq mintaqalarida asosiy naqliyot vositasi hisoblanadi.

Aviatsiya Qo‘mitasiga ko‘ra, halokatga uchragan tikuchar Yakutsk shahrida joylashgan Polar Airlines shirkatiga tegishli bo‘lgan.