Pugachyov shahrida muhojirlarga qarshi namoyish

Image caption Pugachyov shahri

Rossiya axborot agentliklariga ko‘ra,Saratov viloyatining Pugachyov shahrida muhojirlarga qarshi norasmiy norozilik namoyishi boshlanib ketgan.

Namoyishga yig‘ilganlarning soni 1000 atrofida ekanligini aytilmoqda.

Ammo ayni xabarlarni mustaqil manba tomonidan tasdiqlashning hozircha imkoni yo‘q.

"Vzglyad-info" ga ko‘ra, vaziyat keskin qolmoqda.

Muxolifat liderlaridan biri Aleksey Navalniyning o‘z sahifasida yozishicha, shaharga harbiy texnika kiritilmoqda.