Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlandi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Musulmon dunyosida Islom taqvimidagi muqaddas oy - Ramazon boshlandi.

Arab dunyosidagi ulamolar osmonda yangi oy ko‘ringani, bir oylik ro‘za va ibodatni boshlash mumkinligini aytishgan.

Islom taqvimidagi to‘qqizinchi oy bo‘lmish Ramazon bundan bir ming to‘rt yuz yil avval muqaddas Qur‘oni Karimning ilk oyatlari Muhammad Alayhissalomga nozil bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi.

Bu oyda jannat eshiklari ochilib, jahannam eshiklari yopilishi aytiladi.

Ayrim davlatlar Ramazon oyini 9 iyuldan, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va yana bir necha davlatlar bir kun keyin boshlashdi.

Videotasvirda Makkai Mukarramadagi markaziy masjidda Ramazon boshlanishi bilan ado etilgan ilk namoz uchun odamlar oqib kelayotgani aks etgan.

Video izohlarsiz berilmoqda