Oyjamol Do‘stum: Otam biz farzandlari bilan maslahatlashadi

Image copyright BBCUZBEK.COM

Afg‘oniston Qurolli Kuchlari shtabi rahbari, taniqli O‘zbek qo‘mondoni general Abdulrashid Do‘stumning qizi Oyjamol Do‘stumning BBC bilan suhbatida aytishicha, otasi farzandlarining kasb tanlashlarida ham ularni o‘z ixtiyorlariga qo‘ygan.

General Do‘stum tanlov huquqini qizlarining o‘zlariga bergan.

Oyjamol Do‘stum yaqinda Turkiyadagi oliy tahsilini bitirib, vataniga qaytgan.

BBC bilan suhbatda Oyjamol Do‘stum mamlakat shimolida ayollar va maktabgacha bolalar tarbiyasi sohasida xayriya faoliyati bilan shug‘ullanish rejalari borligini bildirdi.

Lekin yaqinda Afg‘oniston shimolidagi mahalliy hokimga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgani tufayli uning siyosiy ambitsiyalari ham borligi haqida gapira boshladilar.

BBC muxbiri Feruz Rahimiy Oyjamal Do‘stumdan bu farazlar ne qadar asosli ekani haqida so‘raganida, "agar siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish niyatim bo‘lganida men siyosat o‘qib kelardim", deb javob qaytardi.

U Turkiyada psixologiyadan tahsil olib qaytgan.

Biroq, uning aytishicha, atrofda bo‘layotgan hodisalar o‘zini "siyosatning ichiga kirib ketishga" majbur qilayapti.

Oyjamol Do‘stumga ko‘ra, otasi farzandlarining siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun majburlagani yo‘q.

General Do‘stum farzandlarining kasb tanlashlarida ham ularni o‘z ixtiyorlariga qo‘ygan.

"Otamni ikki-uch yillab ko‘rmaganmiz. Ana o‘shanda men xafa bo‘lganman: Otam xalqini o‘ylaydi, o‘zining bolalarini o‘ylamaydi, deb", deydi Oyjamol.

Muxbirlarning "general Do‘stumga bir narsa bo‘lipti, shu chinmi", degan telefon qo‘ng‘iroqlari tufayli telefon go‘shagini ko‘tarishga yuragimiz bezillab qolgan, deydi u.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi