Uzwebistondan xabarlar

Image copyright BBC World Service

Gulnora Karimova iftor bermoqchi

"Ramazon kunlari respublika bo‘ylab xayriya tadbirlari o‘tkaziladi". Bu mazmundagi xabarni boshqa bir qator web-saytlar qatori "Darakchi.uz" ham tarqatgan.

"Muborak Ramazon oyining 15 iyul – 6 avgust kunlari "Mehr nuri" jamoat jamg‘ar-masi hamda "O‘zbekiston ijtimoiy mas‘uliyatli fuqarolari forumi" hamkorlikda O‘zbekiston viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida an‘anaviy xayriya tadbir-larini o‘tkazadi", deya yoziladi websahifa xabarida.

"Darakchi.uz" da berilgan xabarda "Xayriya marosimlarini tashkil qilish va o‘tkazishga ko‘maklashgan, tashabbuskor tadbirkorlarga "O‘zbekiston ijtimoiy mas‘uliyatli fuqaro-lari forumi" jamoatchilik kengashi raisi Gulnora Karimova nomidan tashakkurnomalar taqdim etiladi", deya ta‘kidlangan.

Websahifaning xabar berishicha, "Mehr nuri" jamg‘armasining Jamoatchilik Kengashi raisi Gulnora Karimova tashabbusi bilan Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshbandiy yodgorligidagi "Bibi Orifa" maqbarasida Ramazon oyining har seshanbasida iftorlik xayriya tadbiri o‘tkaziladi.

Ish haqi oshadi... narxlar ko‘kka sapchiydimi?

O‘zbekistonning aksariyat web-saytlarida ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning oshishi haqida xabar berilgan. Jumladan, uzmetronom.comning yozishicha O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq joriy yil 15 avgustidan boshlab mazkur oshirish ko‘zda tutilgan.

Ana shu sanadan boshlab O‘zbekistonda eng oz ish haqi 91 530 so‘mga yetadi. Bu "qora bozor" bilan hisoblaganda 37 AQSh dollariga teng. Qarilik pensiyasi esa 64 AQSh dol-lariga to‘g‘ri keladi.

Bu oshirishlar o‘z navbatida soliq va jarimalarning ham oshishiga olib keladi, deb yoziladi uzmetronom.comda.

Ayni bir paytda O‘zbekistonga qo‘shni Turkmanistonda ham bu mamlakat prezidenti Gurbanguli Burdimuhamedov ish haqi, pensiya, davlat nafaqalari va stipendiyalarni oshirish to‘g‘risida farmon imzolagan.

Bu farmonga muvofiq kelgusi yilning boshidan ish haqi va boshqa olinadigan pul oshiriladi. Turkmanistonda eng oz ish haqi AQSh puliga chaqilganda 170 dollarga yetadi.

O‘rtacha ish haqi 364 dollarga yetadi. Bu hakda noviyvek.uz web-sayti xabar beradi.

Og‘iru yengil, arzonu qimmat maktublar

"O‘zbekiston pochtasi" avgust oyidan boshlab bir qator xizmatlar narxini oshirgan. Jumladan, jo‘natmalarni yetkazib berish, buyurtma xatlar (og‘irligiga qarab), buyurtma banderollar jo‘natish narxi oshirilgan.

Bundan tashqari MDH mamlakatlariga va uzoq xorijga jo‘natmalar yuborish narxi ham oshirilgan, deb yoziladi gazeta.uz web-saytida.

Bolalar mehnati hamon dolzarb muammo

"Huquq himoyachilari O‘zbekistondagi majburiy mehnatni qo‘llagani uchun POSCO kompaniyasini Dow Jones indeksidan o‘chirib tashlashga chaqirmoqdalar", deb yoziladi fergananews.com.

"Qator huquq himoya tashkilotlari O‘zbekiston paxta sektoridagi bolalar va kattalar majburiy mehnatidan foydalanish amaliyotini qo‘llayotgan Janubiy Koreyaning POSCO kompaniyasi pozitsiyasini ko‘rib chiqish talabi bilan chiqdilar.

Fort Mill Times xabar berishicha, "POSCO" kompaniyasini "DJSI" indeksidan chiqarib tashlash talabini "United Against Nuclear Iran (Uani)", "Cotton Campaign" tashkilotlari va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro tarmog‘i ko‘tarib chiqqan.

Shtab-kvartirasi Pxoxanda (Janubiy Koreya) joylashgan POSCO Po‘lat quyish kompaniyasi so‘nggi paytda nafaqat O‘zbekistonda, balki Hindiston va Eronda inson huquqlari-ning buzilishi munosabati bilan tez-tez tanqid ostiga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida "International Labor Rights" xalqaro huquq himoya tashkiloti AQSh bojxona organlariga murojaat qilib, "Daewoo International Corporation" mahsulot-larini mamlakatga kiritilishini taqiqlashga chaqirgandi. Huquq himoyachilarga ko‘ra, 1930 yilda qabul qilingan "Bojxona tarifi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, majburiy mehnat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning AQShga olib kirilishi taqiqlan-gan", deb yozadi "Farg‘ona" xalqaro axborot agentligi.

Chegarachilar kimni kimdan qo‘riqlaydi?

IA REGNUM websahifasining xabar qilishicha O‘zbekiston chegarachilari ikki mamlakat chegarasida o‘ldirilgan Qirg‘iziston fuqarosi borasidagi hujjatlarni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga topshirgan.

Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjo tumani bilan tutash chegarada yuz bergan mojaro inson halokati bilan tugagan. Qirg‘izistonlik fuqaro O‘zbekiston chegarachilari tomonidan o‘ldirilgan, deb hisoblanayotir. Tekshiruv ikki mamlakat Bosh prokuraturalari tomonidan o‘tkaziladi. Bu borada Qirg‘iziston bosh vaziri muovini, xavfsizlik, tartib saqlash va chegara masalalari bo‘yicha vaziri Tokon Mamitov bildirgan.

"Parizod" Xitoyni zabt etmoqda

O‘zbek kinorejissyori Ayub Shahobiddinovning "Parizod" filmi Xitoyning Shanxay shahridagi yirik Xingguang kinozalida namoyish etilgan. Film XVI Shanxay xalqaro kinofestivali doirasida ko‘rsatilgan. Bu borada podrobno.uz web-sayti "Jahon" axbo-rot agentligiga suyangan holda xabar beradi.

- O‘zbek filmining jahondagi mashhur rejissyorlar e‘tiborini tortadigan Osiyodagi obro‘li kinofestivalda namoyish etilishi kinematografiya sohasida xitoy-o‘zbek ham-korligining yangi bosqichini boshlab beradi, - degan Shanxay xalqaro kinofestivali dasturlar bo‘yicha direktori Kane Yuy.

Ayni bir paytda Shanxayda buyuk Alisher Navoiy haykali ochilishi kutilmoqda, deb xabar beradi podrobno.uz

O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarda ayrim axborotlarga taqiq qo‘yganini ..."Darakchi" rad etib berdi

12 iyul kuni Uz24.uz webnashri O‘zbekiston jinoiy qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilib ijtimoiy tarmoqlarda pornografiya va boshqa "noqonuniy" axborotlar tarqatishga taqiq qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Webnashrda "ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremizmning barcha turlarini tashviq etuvchi, bo‘lginchilik, qatliom, pornografiyaga oid materiallarni tarqatish va beobro‘ qilish holatlari 1 iyuldan e‘tiboran jinoiy qonunning 130 moddasi tahrir etilgan holda taqiqlanadi" deb xabar qilingandi.

Qonunning bu moddasi "pornografiyaga oid materiallarni ishlab chiqarish, import qilish, tarqatish, reklama qilish va ko‘rsatish" deb ataladi.

Qonunga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar bu kabi materiallarni websahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni "keskin taqiqlaydi".

O‘zbekistonda Odnoklassniki.ru va Whats App juda ommabop ekani aytiladi.

Nashrda qoldirilgan ayni xabarda bu kabi axborotlarni tarqatish uchun ko‘zda tutilgan jarima va jazo ham tilga olinadi.

Ammo "Darakchi" gazeti Adliya vazirligiga tayanib bu xabarni rad etgan.

O‘zbekistonda so‘nggi yillar "noqonuniy" va yo "zararli" axborot, "yot madaniyat"ga qarshi hukumat kampaniyasi davom etmoqda.

O‘zbekiston televizioni va OAV bu mavzu eng keng yoritaladiganlaridan sanaladi.

O‘zbekistonga Xitoy tashqi ishlar vaziri safar qiladi deb xabar bergan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi.

O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq 2012 yilda qariyb 20 foizga oshgan va 3.233 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonda bugun Xitoyning 411ta shirkati faoliyat ko‘rsatishi aytilgan.

O‘zbekiston: Hukumat daraxtlarni yashilga bo‘yamoqda

O‘zbekiston mulozimlari jaziramada sarg‘ayib qolayotgan daraxtlarni yashillashtirishning yangi uslubini topishgan ko‘rinadi. Dov-daraxtlar endi yashil rangga bo‘yalmoqda.

Markaziy Osiyoning jaziramasiga chidolmay qolgan "ajnabiy" daraxtlar podrobno.uz nashriga ko‘ra, "yashillantirilmoqda".

Bir daraxtni yashil rangga bo‘yash uchun oltita aerazol bo‘yog‘i sarflanmoqda ekan.

Webnashrlar tegib-tegmay qolgan bir mavzu – O‘zbekiston mulozimlarining absurd amallarga oshiqligidir.

O‘tgan yillar davomida mashhur xiyobonlardagi "keksayu yosh" daraxtlarni shafqatsizlarcha yoppasiga yiqitgan mulozimlar endilikda yashillikni sog‘inib qolishgan ko‘rinadi.