O‘zvebistonda nima gaplar?

O‘zbekiston Prezidenti 11 iyulda "Ish haqlari, nafaqa va stipendiyalarni oshirish "haqidagi farmonga imzo chekkan. 2013 yil 15 avgustdan boshlab davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar 1,15 baravar oshiriladi. Shunday qilib, O‘zbekistondagi eng kam ish haqi oyiga 91 ming 530 so‘m, yoshiga ko‘ra pensiya 179 020 so‘m, nafaqalar 179 020 so‘m, ishsizlik nafaqasi 109 850 so‘m bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot Agentligining veb. sahifasi xabar beradi.

Gazeta.uz saytiga ko‘ra, 15 iyuldan xorij valyutasining xalqaro havo yo‘nalishlarida qo‘llash hozircha faqat Rossiya shaharlariga uchadigan reyslarga tegishli. Bu haqda O‘zbekiston Havo Yo‘llari o‘z internet saytida xabar qilgan. Boshqa xalqaro yo‘nalishlar uchun qanday valyuta ishlatilishi haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar berilishi bildirilgan.

Yana shu sayt ma‘lumotiga ko‘ra, Oliy O‘quv yurtlariga kirish uchun hujjatlar 20 iyulgacha qabul qilinadi. 11 iyulgacha O‘zbekistondagi o‘quv yurtlari 119,5 ming abituriyentdan ariza qabul qilgan. Bu haqda Davlat Test markazi ma‘lum qilgan. Ayni paytgacha eng ko‘p ariza Termez Davlat Universitetiga topshirilgan. 1660 o‘ringa 8574 ariza to‘g‘ri kelgan. Bu bir o‘ringa 5 kishi deganidir, deyiladi xabarda. Eng kam talab hozircha Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot bo‘limiga bo‘lib, 100 o‘ringa 49 ariza kelib tushgan. Poytaxt o‘quv yurtlari orasida Toshkent Davlat Pedagogika universiteti abituriyetlar soni bo‘yicha peshqadam. 1660 o‘ringa 3194 kishi ariza topshirgan. Bu yil O‘zbekiston o‘quv yurtlariga 19 ming talaba byudjet asosida, 37 mingtasi shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi aytilgan.

"Xalq so‘zi" gazeti veb saytida Chiroqchi tumanidagi "Chiroqchi-Kvarts" korxonasida kvartsit ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani xabar qilinadi. Aytilishicha, undan 2 ming daraja haroratga chidamli qoliplar hamda quyosh batareyalari uchun elektron o‘tkazgichlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Xom ashyo Langar tog‘idan qazib olinishi va mahsulotga xorijiy qo‘shma korxonalar tomonidan talab borligi shuningdek, kelgusida ushbu xom ashyo asosida ishlaydigan yirik chinni zavodini barpo etish ham rejalashtirilgani xabar qilinadi.

"Uzmetronom"saytining yozishicha, yangi "Istiqlol quyoshi" nashrida namanganlik o‘qituvchining "Mening prezidentim" nomli xati bosilgan. Unda aytilishicha, mustaqillikning 22 yilligi oldidan to‘lqinlangan o‘qituvchi Prezident Karimovning sovet zamonidan tortib shu kungacha xizmatlarini eslab, uni o‘z otasidek ko‘rishi va O‘zbekistonning "mangu prezident"i bo‘lib qolishini xohlashini izhor qilgan.

12 nyus.uz ga ko‘ra, og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov Qozonda o‘tayotgan butun jahon universiadasida oltin medalni qo‘lga kiritib, g‘alabasi bilan O‘zbekistonni 162 mamlakat orasidan 15 o‘ringa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. 105 kg vazngacha bo‘lgan sportchilar orasida Nuriddinov ikki marta rekord o‘rnatishga erishgan. Ayni paytda O‘zbekiston ikki oltin, 7 kumush va 8 bronza, jami 17 medal bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi oltin medalni qo‘lga kiritganlar uchun 40 million so‘m, kumush medalga 20 million so‘m mukofot puli berishni va‘da qilgan.