"Kapitalbank" reytingi nima uchun tushirildi?

"Standart and Poor" xalqaro reyting agentligi O‘zbekistondagi "Kapitalbank" reytingini bir pog‘onaga tushirdi.

Agentlik tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, "Kapitalbank" reytingi "B" dan, ya‘ni "zaif" dan minus "B"ga, ya‘ni "o‘ta zaif"ga tushirilgan.

S&P ga ko‘ra, "Kapitalbank" O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini ta‘minlovchi yetakchi banklardan biri bo‘lib, bozorning choragini egallagan.

U shuningdek xorijiy valyuta jamg‘armalari uchun ham yetakchi bank ekan.

Bu kabi yirik bank reytingi tushirilishi nimani anlatadi va umuman banklar uchun bu reytinglar nimasi bilan muhim?

Iqtisodiy sharhlovchi Anvar Husainovning aytishicha, banklar uchun bu kabi xalqaro agentliklar reytinglari ahamiyati juda katta.

"Yuqori reytingga ega banklar boshqa yirik banklardan yoki xalqaro moliya tashkilotlaridan pastroq ustama foizlar bilan qarzlar olish imtiyozlariga ega bo‘ladilar", deydi tahlilchi.

Tahlilchiga ko‘ra, "Kapitalbank" reytingining tushirilganligi uning oxirgi yil mobaynida faoliyati u qadar ham samarali bo‘lmaganidan dalolat beradi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi