UzWebiston bir hafta ichida

Bolasining majburiy ta‘lim olishiga to‘sqinlik qilganlar jazolanishi mumkin

19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xabar berar ekan darakchi.uz web-sayti mazkur majlisda jumladan "O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihaci ham ishlab chiqil-gani borasida to‘xtaladi.

Ushbu hujjat bolalarning majburiy o‘n ikki yillik ta‘lim olishini ta‘minlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun loyiha-sida bolalarning majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishiga ota-onalarning yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning to‘sqinlik qilganligi uchun ma‘muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Batafsil muhokamadan so‘ng, deb yoziladi web-saytda, Oliy Majlis Qonunchilik palata-si qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma‘qulladi va deputatlarning fikrlarini inobatga olgan holda birinchi o‘qishda qabul qildi. Mas‘ul qo‘mitaga hujjatlarni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash topshirildi.

Xuddi shu yangilik yuzasidan darakchi.uz o‘quvchilarining mulohazalari berilgan.

Sanjarbek ismli o‘quvchi fikricha "Yoshlarning majburiy ta‘lim olishlari uchun xech bir ota-ona to‘sqinlik qilmasa kerak. Bunda yoshlarning majburiy ta‘lim olish uchun yoshlarga sharoit yaratib berish lozim va kundalik darsga qatnashishni ota-onalar ta‘min-lab berishi majburiyligini inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi".

Rustam ismli o‘quvchi esa, boshqacha fikrda: "O‘z farzandini o‘qishga jalb kilmaydigan-larni umuman tushunmayman. Qaysi zamonning odamlari ekan, tushunib bulmaydi. Endi qonun darajasida aralashuv bo‘lsa, bunday oilalarga 21-asrning uyati bo‘lsin".

Albatta, har bir masalada har kimning o‘z fikri bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, biz bu fikrlarni sharhlamaymiz.

Dindorlar uchun sharoitlar va ekstremizm masalalari

UzDaily.uz web-sayti esa, AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonda o‘tkazgan boshqa bir uchrashuvi haqida hikoya qiladi. Bu uchrashuv Din qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan. Delegatsiyani Qo‘mita raisi O. Yusupov qabul qilgan.

Amerikaliklar mamlakatdagi diniy vaziyat, din sohasidagi o‘zgarishlar, dinlararo toqatlilik, kengfe‘llik sharoitlari, vijdon erkinligi borasida tanishtirilganlar.

Janob Zimmerman o‘zining fikrlarini bildirgan. Jumladan, mamlakatning turli tashkilotlarida o‘tkazgan uchrashuvlari chog‘ida vijdon erkinligi borasida aytilgan fikrlarni izhor etgan.

Uchrashuv chog‘ida boshqa ko‘pgina mamlakatlarda bo‘lgani kabi dindorlar uchun sharoit yaratish bilan birga diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalarida hamkorlik qilish alohida ta‘kidlangan, deyiladi UzDaily.uz xabarida.

Toshkentdan Qo‘qongacha hojatxona yo‘q

20 iyul kuni, uch oylik tanaffusdan so‘ng Gulnora Karimovada O‘zbekiston yo‘llari-dagi taassurotlari bilan bo‘lishish istagi tug‘ilgan, deya yozadi, uzmetronom.com.

Bu gal u Qo‘qon tomon yo‘lga chiqqan. Gulnora Karimova "hojatxonalar, oshxonalar, dorixonalar va boshqa hayotiy zarur nuqtalar mavjud xizmat ko‘rsatish bekatlari" yo‘qligini ta‘kidlash bilan birga, muzofotdagi qurilishlar masalasiga to‘xtalgan. Shuningdek, ish izlayotgan mardikorlarni eslatgan, Qo‘qonda gaz va elektr ta‘minoti alohida dabdabaga aylanganini aytgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri: O‘zbekiston bilan munosabatlar rivojlanmayapti

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiyning aytishicha qo‘shni O‘zbekiston bilan munosabatlar yaxshi rivojlanmayapti. U bu haqda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirgan. Uning aytishicha ikki mamlakat chegarasini aniqlash va belgilash masalalarida katta ishlar amalga oshirilgan. "Bu masala borasida biz aholi manzillari masalasiga tegishli nuqtagacha borib yetdik va bu albatta ikki tomonlama xamkorlikka ko‘ra yechimini topadi," degan vazir.

Bu xabar ham regnum.ru web-saytida berilgan.

Chex Ommaviy axborot vositalari Xorazm davlati tarixi haqida

Chexiyadagi 100+1 internet-portali Mark Telichka "O‘zbek Xivasi: o‘tmishda quldor bo‘lgan ajoyib shahar", maqolasini bergan.

O‘zbekistondagi chex elchixonasi matbuot xizmatining bildirishicha bu maqolada YuNESKO yodgorligining tarixi haqida hikoya qilingan. Xivaning ochiq osmon ostidagi Sharq muzeyi, qachonlardir mavjud bo‘lgan Xorazm davlati poytaxtining hozirgacha saq-lanib qolgan tarixiy binolari haqida so‘z yuritilgan.

Bu borada 12news.uz web-sayti xabar bergan.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Qatar ligasi debyutanti bilan shartnoma imzoladi

"Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musayev Qatar Yulduzlar ligasi debyutanti – "Al-Mu‘ayzir" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Qatarning Al Kass sport telekanali xabar bermoqda," deb yozadi kun.uz web-sayti.

18 iyul, payshanba kuni Dohadagi klub qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Fozil Musayev bilan birga jamoaning boshqa bir yangi futbolchisi – boliviyalik Jasmani Kampos tanishtirilgan. Klub bosh kotibi Muhammad Mahmudning so‘zlariga ko‘ra, har ikki futbolchi bilan ham bir yillik shartnoma imzolangan.

2013 yil boshida "Nasaf"dan "Bunyodkor"ga o‘tgan Fozil Musayevning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Mu‘ayzir" a‘zosiga aylanganidan xursand va jamoaning bir bo‘lagiga aylanib, uning Osiyo maydonlaridagi muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishga umid bildirdi. Musayev-ning qo‘shimcha qilishicha, Qatar Yulduzlar ligasi mintaqadagi eng kuchli musobaqalardan biridir.

1996 yilda tashkil etilgan "Al-Mu‘ayzir" futbol klubi Qatar poytaxti – Doha sharafini himoya qiluvchi jamoalardan biridir. Jamoa 2012/2013 yilgi mavsum Qatar 2-divizionida 2-o‘rinni olib, Yulduzlar ligasi yo‘llanmasi uchun pley-off bahslarida ishtirok etgan, biroq imkoniyatni boy bergan edi. Biroq 2013 yilning 7 may kuni Qatar Yulduzlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalar soni 14taga ko‘paytirilishi haqida qaror qabul qilinib, "Al-Mu‘ayzir" ham chempionat ishtirokchilari qatoriga kirdi, deya xabar beradi kun.uz web-sayti.

O‘zbekistonlik futbolchilarga chet elda qiziqish kuchayib bormoqda. Xorijda to‘p surayotgan o‘zbek futbolchilarining soni oz emas. Lekin ular orasida haligacha Odil Ahmedov mashhurligicha qolmokda. Hozirda Rossiyaning eng puldor "Anji" komandasida o‘ynayotgan bu iste‘dodli futbolchiga Angliyaning "Arsenal" komandasi qiziqish bildirmoqda.