Farg‘onalik jurnalist Gulnora Karimovaga MXXdan shikoyat qildi

Image caption Vladimir Oxunov bilan Gulnora Karimova o‘rtasidagi Twitter yozishmasi ko‘pchilik diqqatini o‘ziga tortdi

Farg‘onalik jurnalist Vladimir Oxunovning aytishicha, rassomlarga tegishli bino ustidan bahs boshlanganidan keyin rassomlarni erta-indin O‘zbekistonni tark etishga tayyor odamlar sifatida yomonotliq qilish boshlangan.

Va rassomlarga muammolarini hal etishda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ommaviy axborot vositalarida axborot tarqatayotgan Vladimirning o‘zi haqida ham ana shunday gap-so‘z tarqalgan.

Bundan oldin farg‘onalik rassomlar ijodkorlarga tegishli binoni mahalliy tabdirkor tortib olganidan shikoyat qilib Gulnora Karimovaga murojaat qilishgan, shundan keyin muammo hal etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu muammoni yoritgan "Ferganskaya Pravda" ro‘znomasining muxbiri Vladimir Oxunov ishidan ajralgan.

Yosh jurnalist 2011 yilda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlab rus tilida "Mening prezidentim - mening bashoratchim" deb nomlangan kitob yozgan.

BBC bilan suhbatda Vladimir Oxunov aytishicha, Milliy Xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyat bo‘limi o‘ziga bosim o‘tkazishga uringan.

U bu haqda Twitter orqali Gulnora Karimovani xabardor qilgan.

Shundan keyin jurnalist o‘ziga nisbatan muomala yumshaganini aytadi.

"Men davlatga qarshi biror ish qilganim yo‘q. Mening maqsadim yagona - farg‘onalik rassomlarning muammosi hal etilishi", deb aytdi BBC bilan suhbatda Vladimir Oxunov.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi