Ispaniyada so‘nggi 40 yilda eng yomon poyezd halokati

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ispaniya shimoli-g‘arbida yo‘lovchi poyezdining ag‘darilishi oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘lgan, 140 dan ortiq odam yaralangan.

Madriddan Ferrolga borayotgan poyezd tarkibidagi sakkizta vagonning hammasi Santyago-de-Kompostella shahri yaqinida relsdan chiqib ketgan.

Xabarlarga ko‘ra, poyezd yoysimon burilish nuqtasida me‘yordagidan ikki barobar tez borayotgan bo‘lgan.

Bu Ispaniyada so‘nggi 40 yilda yuz bergan eng yomon poyezd halokatidir.