Italiya: avtobus halokatida kamida 38 nafar inson halok bo‘ldi

Image copyright AP
Image caption Avtobus ichida 48 nafar inson bo‘lgan

Italiya qutqaruvchilari xabar berishicha, mamlakat janubida yuz bergan avtobus halokatida kamida 38 nafar inson halok bo‘lgan.

Mahalliy telekanallar ma‘lumotiga ko‘ra, avtobusdan o‘n nafar inson qutqarib olingan va shifoxonalarga jo‘natilgan. Ulardan ba‘zilari jiddiy jarohat olgan.

Avtohalokat poytaxt Rimdan 250 kilometr janubda joylashgan Kampaniya mintaqasida yuz bergan.

"Vaziyat og‘ir. Biz iloji boricha ko‘proq insonlarni qutqarib qolishga urinayapmiz", - deb aytgan o‘t o‘chiruvchi Pellegrino Landolo Italiya televideniyesiga.

Avtobus metal devorni yorib o‘tib, 30 metr pastga qulagan.

Bunga qadar avtobus shosseda bir necha avtomobil bilan to‘qnashgan.

Mashina qalin butazorga qulagani uchun qutqaruvchilar ishi qiyinlashgan. Avtobus haydovchisining joyida halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Avtobusda 48 inson bo‘lgan. Ularning aksari Neapoldagi qadamjo ziyoratidan qaytayotgan bolalar bo‘lishgan.

Omon qolganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketilmoqda.