Farg‘ona banklarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Farg‘ona banklariga kiraverishda nazorat kuchaytirilgan

O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari Farg‘ona shahrida ikki militsiya xodimini o‘ldirib ketgan noma‘lum qurolli shaxslarni topish bo‘yicha keng qamrovli qidiruv ishlarini boshlashgan.

20 iyuldan 21 iyulga o‘tar kechasi noma‘lum qurolli shaxslar "Hamkorbank"ning Farg‘onadagi sho‘‘basiga hujum qilib, u yerdan yirik miqdordagi mablag‘ni o‘marishga uringanlar va ularga qarshilik qilgan bankning ikki soqchisini halok etganlar.

Huquq-tartibot idoralari mukofot evaziga qotillar haqida ma‘lumot berishni so‘rab aholiga murojaat qilishgan.

Farg‘onalik huquqbon Bahodir Eliboyev shu kunlarda shaharda zohiran osoyishta ko‘rinsa-da, mahalliy banklarda xavfsizlik choralari kuchaytirilganini aytadi.

Militsiya xodimlari halok etilgan "Hamkorbank" binosi, Farg‘onani qayta qurish davlat rejasiga muvofiq, shaharning boshqa joyiga ko‘chirilgan.

Bahodir Eliboyevning mahalliy banklardan birida soqchilik qilayotgan militsiya xodimlariga iqtibosan aytishicha, hozirga qadar hujumchilar tutilmagan, biroq ularning taxminiy robot-surati tuzilgan.

BBC Bahodir Eliboyev bilan suhbatlashdi.