Avstraliyalik o‘smir "Kubik Rubik"ni 7 soniyada yig‘ib tashladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQShning Las Vegas shahrida o‘tgan Jahon Kubik Rubik chempionatida avtraliyalik Feliks Zemdegs g‘olib chiqqan.

Uch kun davom etgan musobaqada Zemdegs Rubik kubikchalarini 7.36 soniyada yiqqan.

Uning o‘rtacha vaqti 8.18 soniyani tashkil etgan.

Jahon chempioni deb e‘lon qilingan avstraliyalik o‘smir 3 ming dollar pul mukofoti va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlangan.

Ikkinchi o‘rinni o‘rtacha 8.65 soniya bilan hollandalik Mats Valk egallagan.