Chimkentda chayonlar hujumi ortgan

Image copyright bbc
Image caption Chimkent shahrida chayon chaqishi ko‘paygan

Qozog‘istonning janubidagi Chimkent shahrida chayon chaqishi natijasida shifoxonaga murojaat qilgankar soni ko‘paygan. Bu haqda viloyat "Tez yordam"ining statistika bo‘limi xabar tarqatgan.

Shu yilning 1 iyunidan boshlab shifoxonalarga hashorat chaqishi shikoyati bilan 380 odam murojaat qilgan. Ularning ko‘pchiligi chayon chaqishidan aziyat chekkan, deyiladi xabarda.

Bir kunda 30 – 33 marta murojaatlar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Xuddi shunday holatda Chimkentda bundan ikki yil oldin ham kuzatilgan. Iyulь oyida har kuni o‘rtacha 20 odam chayon chaqishi natijasida shifokorga murojaat qilgan. O‘shanda chayonlarning faollashib qolganiga havoning juda isib ketgani sabab bo‘lgan deyilgandi.

Bu yil ham so‘nggi kunlarda mintaqada havo keskin isib ketgani kuzatilmoqda.

Qozog‘iston janubida sariq va Qofqoz chayonlari yoyilgan. Chayonning chaqishi qattiq og‘riqqa sabab bo‘lishi va allergik kasalligi borlarga jiddiy xavf tug‘dirishi aytiladi.