Siz yashab turgan joyda necha daraja issiq?

Image copyright gazeta.uz

Butun Osiyo mintaqasida o‘ta jazirama issiq havo harorati davom etar ekan, Xitoyda issiq havo nobud qilgan insonlar soni ko‘paygan.

O‘zbekistonda ham o‘ta issiq havo oqibatida odamlar salomatligi yomonlashgani haqida xabarlar olinmoqda.

Shanxay rasmiylariga ko‘ra, bu shaharda ob-havo ma‘lumotlari yig‘ila boshlangan 1873 yildan keyingi rekord issiq, ya‘ni +40,6 daraja qayd etilgan.

Birgina Shanxayning o‘zida issiq tufayli hayotdan ko‘z yumgan insonlar soni 10 dan oshgani xabar qilingan.

Xitoyning to‘qqiz viloyatida ogohlantirish e‘lon qilingan.

O‘zbekistonda ham aholi havo harorati odatdagidan yuqori ko‘tarilib ketishi haqida iyul oyining uchinchi o‘n kunligida ogohlantirila boshlandi.

O‘zbekiston ob-havo mutaxassislari buni Eron tarafdan issiq havo oqimi kelishi bilan ogohlantirdi.

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi mobil telefonlarga issiq havodan saqlanish haqidagi ogohlantiruvchi SMS-xabarlar yubordi.

O‘zbekistonning turli hududlaridan olingan xabarlarga ko‘ra, iyul oyining oxirgi kunlari haddan ziyod issiq bo‘lgan.

Harorat "O‘zgidromet" markazi bashorat qilgan +40 dan ancha oshib ketgan.

Misol uchun, Toshkentda +40 issiq bo‘lishi kutilayapti, deyilgan kuni ko‘chalarda o‘rnatilgan termometrlar +43 ni ko‘rsatgan.

Andijon, Buxoro va Xiva shaharlarida ham + 50 daraja kuzatilgan.

Shu kunlarda Qarshi shahrida odamlar havo harorati +52 dan kam bo‘lmadi, demoqdalar.

31 avgust kuni Termiz shahridagi uyi buzilayotgan Roza ayaning so‘zlariga ko‘ra, shunchalik isib ketganidan "oyog‘ingni asfaltga qo‘ya olmaysan".

Quyoshli joyda +70, soyada +50 daraja bo‘ldi, dedi Roza aya.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Toshkentda kamida bir homilador ayol hushidan ketgani, bir kishining jamoat transportida ahvoli yomonlashib qolgani haqida xabarlar tarqalgan.

O‘zbekistonliklar rasmiy ob-havo ma‘lumotlarida havo harorati pasaytirib ko‘rsatilishiga Sho‘rolar zamonidanoq ko‘nikib qolganlar.

Haqiqiy havo harorati bilan televizor e‘lon qiladigan harorat o‘rtasidagi farq xalq orasida "Toshtemir Toyloqov" haqidagi mashhur latifalar paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘lgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, ishchi-dehqonlarning salomatligi uchun qulay sharoit barpo qilganini ovoza qiladigan Sovetlar hukumati havo haroratining +40, +45 dan oshganini e‘lon qilishdan manfaatdor bo‘lmagan.

Aks holda bunday issiq sharoitda ishlayotgan insonlarga tovon puli to‘lashga to‘g‘ri kelgan.

Mustaqillikka erishganidan keyin O‘zbekiston hukumati Sho‘rolar Ittifoqida yo‘lga qo‘yilgan tartibni buzmaslikni afzal ko‘rgan.

Bu yilgi o‘ta issiq havo ro‘za tutayotgan musulmonlar uchun qiyinchilik paydo qilgan.

Issiq havoda ishlaydiganlarga qanday yordam ko‘rsatilayotgani haqida surxondaryolik faol Abduhakim Po‘latov bilan suhbat:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Siz yashab turgan joyda necha daraja issiq?

Bunday jaziramani odamlar qanday o‘tkazishmoqda?

Ko‘rgan-kechirganlaringizni BBC bilan o‘rtoqlashing, o‘zingizning foto va videongizni bizga yo‘llang!

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk