Rossiyada muhojirlar qiynoqqa tutilgan videolar ko‘paymoqda

Image copyright AP
Image caption Rossiyadagi ko‘pgina yoshlar va hatto politsiyaning o‘zi ham ksenofobik hislarga moyilligi aytiladi

Internetdagi qator ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar platformasi "Jivoy Jurnal"da Rossiyaning Sverdlovsk mintaqasida O‘zbekistonlik muhojirning millatchilar tomonidan qiynoqqa tutilishi haqida video va fotolavha chop etilgan.

Degterev nomi ostida bu materiallarni chop etgan shaxsning aytishicha, o‘zbekistonlikni qiynoqqa tutganlarning o‘zi uning oqibatda olamdan o‘tgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilganlar.

Ushbu video va fotosuratlarning haqiqiyligini tekshirishning va muallif bilan muloqot qilishning imkoni bo‘lmadi, lekin Migratsiya va Huquq markazi rahbari Svetlana Gannushkinaning aytishicha, bu kabi materiallar oxirgi vaqtda tez-tez paydo bo‘lmoqda:

Svetlana Gannushkina: Bizga bu kabi materiallar tez-tez uchrab turadi. Bundan tashqari bizga bu kabi munosabatga duchor bo‘lgan ko‘plab inosnlar murojaat qilib keladilar. Bizga murojaat qilganlardan juda kam qismi u yoki bu turdagi zo‘ravonlik yo-da haqoratga uchramagan. Manf yaqinda bizga bir ayol murojaat qildi. Uning turmush o‘rtog‘ini oxirgi kunlarda turli bozorlarda o‘tkazilayotgan reydlar chog‘ida qo‘lga olingan. Ikki-uch kun undan umuman darak bo‘lmagan. Biz uni hamma militsiya bo‘linmalaridan qidirdik. Birontasida u kishi o‘sha yerdaligini aytishmadi. Bir necha kundan keyin esa u kaltaklangan va narsalari o‘marilgan holda uyga qaytgan. Militsiyaning o‘zi uni bu ahvolga solgan. Shuning uchun bu kabi hodisalar ro‘y berganda odamlar shikoyat qilishga ham harakat qilishmaydi, chunki huquq-tartibot organlarining o‘zi buamallarda ishtirok etayotganlardan bo‘lib chiqmoqda. Umuman olganda millatchilik oxirgi vaqtlarda juda kuchaygan, ba‘zi hollarda millatchilar hatto foydali ish qilishayotganiga ishonishadi ham. Bu o‘z navbatida siyosatchilarning izhorotlari bilan qo‘llanmoqda, ular takror-takror muhojirlar orasidagi jinoyatchilikning yuqorligi haqidagi raqamlarni keltiradilar. Aslidida esa bunday emas. Rossiya bo‘ylab muhojirlar tomonidan qilingan jinoyatlar foizi oxirgi yillarda o‘zgarishsiz 3 foiz atrofida bo‘lib kelmoqda, Moskvada esa bu ko‘rsatkich balandroq , lekin baribir o‘zgarishsiz.

BBC: Mana siz militsiyaga ishonch yo‘q shuning uchun odamlar bu kabi holatlar haqida shikoyat qilmaydi, dedingiz. Lekin militsiyaning o‘zi bu kabi materiallar paydo bo‘lgan vaqti, jiddiy e‘tibor qaratib, aslmi-yo‘qligini teshirish, haqiqiy bo‘lsa aybdoralrni topib, jazolashga harakat qiladimi?

Svetlana Gannushkina: Umuman olganda yo‘q. Afsus bilan shuni aytish kerakki, politsiyaning o‘zi bu kabi amallarga, ksenofobik hislarni izhor etishga moyil. Biz bu kabi amallarga moyillar qatoriga yoshlarni va politsiya xodimlarini ham kiritganmiz. Yodingizda bo‘lsa bundan bir necha yil avval bir tojikistonlikning boshini tanasidan judo qilingani tushirilgan video paydo bo‘lgandi. O‘shanda biz politsiyaga ariza bergandik, ular bizga videoning haqiqiyligini tekshirayotganlari haqida javob berishdi. Bir yildan keyin video haqiqiy ekanligi haqida bizga aytishdi, jinoiy ish ochildi. Lekin keyinchalik bu ishga mas‘ullarninng shaxsini aniqlash iloji yo‘q, deb aytilib, jinoiy ish to‘xtatildi.

BBC: Siz bu kabi materiallar tez-tez paydo bo‘lib turibdi, dedingiz. Ularning qancha qismi haqiqiy ekanligini ayta olasizmi?

Svetlana Gannushkina: Bu haqda biron narsa aytish qiyin. Lekin men tilga olgan dahshatli video haqiqiy bo‘lib chiqqan bo‘lsa, boshqalari nimaga haqiqiy bo‘lmasin. Bu kabi qalbaki videoni qilish kimga kerak. Qirg‘iz qizlarining qirg‘iz yigitlari tomonidan kaltaklanishi tushirilgan video ham chiqqandi. Go‘yoki bu qizlar yigitlar istagan yo‘lda tutishmagan o‘zlarini. Bu borada ham hech kim tekshiruv ishlari olib bormadi.

BBC: Siz bu kabi materiallar tez-tez paydo bo‘lmoqda, dedingiz. Bunga nisbatan biron choralar ko‘rilishi kerak deb o‘ylaysizmi? Yoki bu hech bo‘lmasa shu yo‘l bilan bo‘layotgan hodisalarni omma e‘tiboriga yetkazish chorasimi?

Svetlana Gannushkina: Bilasizmi bu kabi materiallar ijtimoiy tarmoqlarag chiqib kelayotgani muhim emas, muhimi bu narsalar hayotda sodir bo‘layotganidir. Va muhimi shuki, hech kim bunga qarshi jiddiy kurashga kirishayotgani yo‘q. Men sizga boshqa bir misolni keltiray. Men doxil qator inson huquqlari hamkasblarimni bir muncha muddat avval huddi shu yo‘lda o‘lim jazosiga hukm qilib, internetga qo‘yishgandi. Mening hamkasblarim bu borada pokuraturaga ariza yuborishdi. Prokuratura arizani FSBga oshiribdi. FSB bu po‘pisalar jiddiy degan javobni berdi. Ish prokuraturaga qaytarildi, jinoiy ish ochilib, u ham to‘xtatildi.