Rahmatullo Zoirov: Tojikistonda xalq inqilobi yuz berishi mumkin

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image copyright BBC World Service
Image caption Rahmon Tojikistonni 22 yildan buyon boshqarib keladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Moskvada Prezident Putin bilan muzokaralar olib borgan.

Janob Rahmonning jurnalistlarga aytishicha, muzokaralar kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasining muddatini uzaytirish bo‘lgan.

Tojikiston Prezidenti mamlakat parlamenti bu boradagi kelishuvni kuzda ratifikatsiya qilishini ma‘lum qilgan.

Ayni paytda kuzatuvchilar Imomali Rahmon Tojikistonda noyabr oyida o‘tishi kutilayotgan prezidentlik saylovlari oldidan Kremlning dastagini qo‘lga kiritish maqsadida borganini aytishmoqda.

Tojikistonni 22 yildan buyon boshqarib kelayotgan Prezident Imomali Rahmon noyabr oyida o‘tadigan saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligini aytmagan.

Ammo kuzatuvchilar uning saylovlarda qatnashishi va g‘alab qilishiga shubha qilishmaydi.

Hozirgacha Tojikiston prezidentlik saylovlarida qatnashishini e‘lon qilgan yagona siyosatchi, muxolifatdagi Sotsial-Demokratik partiya rahbari Rahmatullo Zoyirovning BBCga aytishicha, Moskva hanuz janob Rahmonni dastaklash borasida nihoiy qaror qabul qilmagan.

Muxolifat rahbarining aytishicha, Tojikistonda Imomali Rahmon boshqaruvidan noroziliklar kuchli va agar u yana bir marta saylovda nomzodini qo‘ysa, bu xalqning sabr kosasini to‘ldirishi mumkin.

"Biz inqilob tarafdori emasmiz, ammo bu kabi hodisalar yuz bergani taqdirda, salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun ularda ishtirok etishga majburmiz", deb aytdi Rahmatullo Zoyirov BBC bilan suhbatda.