Vasvasalar zamoni: To‘rt devor ichida...

Jahon bo‘ylab turli mamlakatlarda mahbuslarni tanho kamerada ushlash amali hanuz qo‘llanadi.

BMT ko‘rsatmalariga muvofiq, qo‘riqchilardan tashqari boshqa hammadan kuniga kamida 22 soat alohida ushlab turilgan shaxs tanholikda ushlangan hisoblanadi.

Bundan tashqari garovga olinganlar, ba‘zida esa kasal insonlar ham tanholikda ushlangan hollari bor. Bu kabi sharoitda ushlanganlarning aksari uchun ruhiy oqibatlari o‘ta og‘ir.

Maxbuslarni tanho kamerda ushlash bu jazolashning o‘zgacha turi, lekin ruhiy jihatdan bu qiynoq bilan barobar.

Tanholikdan xolis bo‘lgandan so‘ng ham buning ta‘siri uzoq vaqt saqlanib qolish, inosn hayotining turli jihatlariga o‘z ta‘sirini o‘tkazishi mumkin.

Uzoq vaqt tanholikni boshdan kechirganlar vaqt va voqe‘lik hissi, o‘zligini yo‘qotish, mutlaqo chorasizlik va hatto zo‘ravon hissiyotlarga berilish kabi holatlarga uchrashlari ehtimoli katta.

Tanholikda uzoq vaqt qolganda ruhiy barqarorlikni ushlab qolish yo‘llari bormi?

O‘zbekiston qamoqxonlaridagi tanho kameralarda turli muddat ushlangan mahbuslar, jumladan muxolifat liderlaridan Sanjar Umarov, huquq faoli Mo‘‘tabar Tojiboyevalarning aytishlaricha, ularning har biri tanholik zarbasini qaytarish uchun turli usullarni qo‘llaganlar.

Luiza Iskandariy lavhasi ana shu suhbatlarga asoslangan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi