Livanda ikki turk uchuvchisi o‘g‘irlandi

Image copyright AFP
Image caption "Turk Havo Yo‘llari" shirkati uchuvchilari Murod Oqpinar va Murod Agja Bayrut qo‘nalg‘asi yaqinida o‘g‘irlab ketilgan

"Turk Havo Yo‘llari" shirkatining ikki uchuvchisi Bayrut Xalqaro qo‘nalg‘asi yaqinida o‘g‘irlab ketilgan.

Xabar berilishicha, uchuvchilarni qo‘nalg‘adan mehmonxonaga olib ketayotgan avtobusdan chiqarib olganlar. Avtobusda ulardan boshqa ekipaj a‘zolari va yo‘lovchilar ham bo‘lishgan.

Livan Ichki Ishlar vazirining aytishicha, hodisa tungi soat 3 da ro‘y bergan.

Odam o‘g‘irlash ro‘y bergan mintaqani Livan qurolli kuchlari nazorat qiladilar.

Olib qochuvchilar to‘rt kishi bo‘lganligi aytilmoqda.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi matbuot kotibiing aytishicha, hodisa yuzasidan Livan rasmiylari bilan bog‘langanlar va o‘ta mufassal tekshiruv jarayoni olib borilmoqda.

Uchuvchilarni olib ketishda hech qaysi guruh masu‘liyatni o‘z bo‘yniga olimagan. Lekin taxmin qilinishicha hodisa Suriyadagi mojaroga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Turkiya Suriyadagi sunniy isyonchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Livandagi aksariyat esa Bashar al-Asad tomonida.

Suriyada o‘tgan yili to‘qqiz nafar livanlik shiya mazhabiga mansub shaxs o‘g‘irlab ketilgandi.

Ularning yaqinlari Turkiyani ularni ozid qilish harkatlarida ko‘mak berishini so‘raganlar.