Londoniston: Kvartiradan qimmatroq bekatcha

Image caption Londonda avtobekatlar tanqis

Markaziy Londonning Hayd Park bog‘lari ko‘chasidagi shaxsiy avtoulov uchun birgina to‘xtov bekati 300,000 funt bahosida savdoga qo‘yilgan.

Bu narx shu atrofda o‘tgan hafta sotilgan bir xonali kvartiradan 500 funt qimmatroqdir.

91 yillik qarzga sotilayotgan avtoulov bekatchasiga allaqachon bir qancha xaridorlar qiziqish bildirgan.

Mahalliy rieltorlarning aytishicha markaziy Londonda avtomashinalarni qoldiradigan bekatchalar tansiqligidan insonlar shunday baholarga ham tayyordir.

Jumladan o‘tgan yili Kay and Co rieltorlik shirkati ikkita shunday bekatchani 250,000 funt narxida sotgan.

Shuni ham aytish joizki Britaniyada o‘rtacha uy bahosi 169,624 funtni tashkil qiladi.

Savdodagi bekatchaning mumkin xaridorlari hisob-kitoblarini qilib, agarda bektchani 91 yilga 300,000 funtga olsak, bu degani kuniga atigi 9 funt pul to‘lagan bo‘lamiz degan fikrga kelishgan bo‘lsa ajab emas.