"Qizing futbol o‘ynashning o‘rniga ovqat qilishni o‘rgansin"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright Getty

Onasining dugonalari futbolchi bo‘lishini xushlamagan afg‘onistonlik Nadiya Nadim Daniya milliy terma jamoasi safida so‘nggi Ovro‘po birinchiligida o‘zini ko‘rsatib, xalqaro ommaviy-axborot vositalarining diqqat-markaziga tushdi.

Nadiya nufuzli bellashuv chog‘ida Daniya raqiblari darvozasini ikki bor nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Otasi 2000-chi yilda qazo qilarkan, 12 yoshda bo‘lgan Nadiya onasi va to‘rt singlisi bilan Afg‘onistonni tashlab, Daniyaga ketishadi.

Uning aytishicha, futbolga ilk qadamini Daniyadagi muhojirlar jamlog‘i yaqinida joylashgan stadiondan boshlaydi va sekin-asta Denmark ayollar terma jamoasiga yo‘l topadi.

Nadiya vaqti kelib Afg‘onistonda qizlar futbol maktabini ham ochmoqchi.

BBC Fors Xizmati Ovro‘po birinchiligi ortidan Nadiyani suhbatga chorlab, undan Kobuldan Daniyaga qilgan safari va nufuzli xalqaro futbol turnirlaridan olgan taassurotlari haqida so‘ragan.