London ajoyibotlari: Buni bilgan ma‘qul

Image copyright PA
Image caption Londonda jinoyat kamaymoqda deydi politsiya

Britaniyaning eng ashaddiy jinoiy mavzelaridan o‘ntadan oltitasi Londonda joylashgan.

Bu haqda Britaniya ichki ishlar vazirligi bildirgan.

Ushbu mavzelardan biri - Olimpik bog‘ning yonginasidagi Meridian Skveri yo maydonidir.

Bu mavzeda o‘tgan 18 oy ichida 3,400 jinoyat yuz bergan.

Ushbu raqam ikkinchi o‘rindagi "jinoyat mavzesi"dagidan 1000 jinoyat ortiqligini anglatadi.

G‘arbiy Londondagi Shepperd Bush mavzesida joylashgan Vestfild savdo markazida 2,524 jinoyat qayd etilgan.

Biroq shahar politsiyachining vakili Londonda jinoyat darajasi pasaymoqda deb aytgan.

Uning so‘zlariga qaraganda so‘nggi 12 oy ichida jinoyatlar soni 7 foiz kamaygan.

O‘g‘irlik 10,6 foiz, do‘konlardan mol o‘g‘irlash esa 5,7 foiz kamaygan.

"Qisqa qilib aytganda, Londonda jinoyat so‘nggi o‘n yil ichida eng past darajadadir" - degan politsiya vakili.

Ichki ishlar vazirligining raqamlariga ko‘ra o‘tgan yilning yanvaridan to bu yilning iyuniga qadar Nyuxemdagi Stratford mavzesida do‘konlardan mol ko‘tarib chiqish holatlari 500 dan ortgan, zo‘ravon jinoyatlar soni 300 dan ortiq bo‘lgan, yuzlab kissavurlik jinoyati qayd etilgan.

Bangivor moddalarni sotish bo‘yicha ham mamlakatning beshtadan to‘rtta eng ashaddiy nuqtasi Londonda joylashgan.

Viktoriya temir yo‘l va avtobus bekati atrofida bunday jinoyatlardan 581 sodir bo‘lgan.