Salim Abduvaliyev Toshkentga qaytib kelgan

Image caption Salim Abduvaliyev hozir Toshkentda

"Tayvanchik" nomi ostida mashhur bo‘lgan ishbilarmon Olimjon To‘xtaoxunovning BBCga aytishicha o‘zbek ishbilarmoni va "avtoriteti" Salim Abduvaliyev hozirda Toshkentda.

Olimjon To‘xtaoxunovning so‘zlariga ko‘ra u kuni kecha Salim Abduvaliyev bilan telefon orqali gaplashgan.

Toshkentdagi ishonchli boshqa manbaning ham bildirishicha Salim Abduvaliyev kecha kechqurun Toshkentga uchib kelgan va hozirda Toshkentdadir.

Bundan avvalroq bir qancha matbuot vositalari va bular orasida Uzmetronom hamda Ozodlik Salim Abduvaliyevning O‘zbekistonni tark etgani haqida xabar berishgan edi.

Matbuotda Salim Abduvaliyevning hokimiyat bilan aloqalari MTSning sobiq rahbari Behzod Ahmedovning O‘zbekistondan g‘oyib bo‘lishi ketidan taranglashgani haqida xabarlar tarqagan edi.

So‘nggi kunlari Salim Abduvaliyevning Italiyada bo‘lganligi BBCga ayon edi.

Ma‘lum bo‘lishicha u Italiyada ta‘tilini o‘tkazgan.