Moskvaliklar noqonuniy muhojirlar jamlog‘i haqida qanday fikrda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya hukumati Moskva shahrida noqonuniy muhojirlar uchun "chodir-jamloq" tashkil qilishi qator xalqaro tashkilotlar tanqidiga uchramoqda.

Mehnat muhojirlarining jamloqda ushlab turilishi bir haftadirki, Rossiya matbuotining ham eng ko‘p yoritayotgan mavzusiga aylangan.

Chodirlardagi muhojirlar bolalar lagerlariga ko‘chirilishi aytilgan bo‘lsa-da, hali bu ish amalga oshirilgani yo‘q.

BBC Moskva ko‘chalaridagi odamlardan muhojirlarga qarshi qattiqqo‘l choralarga munosabatlarini so‘ragan.