Misrdagi voqealar rivojini dunyo kuzatmoqda

Image copyright Reuters

Musulmon Birodarlar harakati tarafdorlarining chodir jamloqlarini armiya tomonidan kuch bilan tarqatilishi oqibatida yuzlab, ba‘zi xabalarga ko‘ra, minglab odamlar halok bo‘ldi.

Mamlakat qonli inqiroz bo‘sag‘asida qoldi.

Misrda bo‘layotgan voqealar nima uchun faqat mamlakatning o‘zi uchun emas, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda?

Misr- arab davlatlari ichida eng aholisi ko‘p mamlakat sanaladi.

Misrda 82 mlndan ortiq kishi yashaydi, bu Afrika mamlakatlari orasida uchinchi, arab dunyosida birinchi deganidir.

Misr aholisi Iroq, Saudiya Arabistoni, Suriya aholi sonini qo‘shib hisoblagandan ko‘p.

Shu bilan birga ularning katta qismi 25 yoshgacha bo‘lganlardir. Bu odamlar, siyosiy kuch sifatida nafaqat mamlakatning keyingi taqdiriga, balki butun mintaqaga hal qiladigan ta‘sir ko‘rsatadi.

Misr - mintaqaning muhim davlati

Image copyright REUTERS

Misr- arab dunyosining yuragi hisoblanadi. U Kamol Abdul Nosir hukumati davrida panarabizm g‘oyasining markazi va Anvar Sadat davrida Yaqin Sharqda tinchlikni saqlashda muhim rol o‘ynadi.

Misrdagi vaziyat qo‘shni davlatlarga ta‘sir qilish imkoniga ega. Agar Misrda amalda ishlaydigan demokratiya qurish imkoni bo‘lsa, bu arab dunyosi uchun yangi davr boshlanganini anglatadi.

Agar Qohira yo harbiy yo diniy tomondan diktatura tomon og‘ib ketsa, unda uning qo‘shnilari uchun demokratik yo‘ldan harakatlanishga bo‘lgan rag‘batni yo‘qotadi.

Qudratli Misr armiyasi boshqa arab davlatlarining xavfsizligini saqlash uchun katta ahamiyatga ega.

Misr inqirozi ta‘sirida Suez kanali to‘siladigan bo‘lsa, bu mintaqaning neft eksportiga katta ta‘sir qiladi.

Misr hududidan Suez kanali o‘tadi

Image copyright 1

Suez kanali orqali esa 8-12 foiz xalqaro savdo oqimi va 22 foiz barcha dengiz o‘tkazmalari o‘tadi.

Bu kanal Osiyo va Ovro‘po , Osiyo va Amerika sharqiy qirg‘oqlari o‘rtasidagi kema masofalarini minglab chaqirimga qisqartiradi.

1956 yilda Suez kanal davlat tasarrufiga o‘tkaziladi.

Agar Misrdagi siyosiy beqarorlik tufayli kanal orqali savdo aloqalariga putur yetsa, bu bevosita olib kelinadigan barcha iste‘mol mahsulotlariga- o‘yinchoqlardan tortib elektronika narxiga ta‘sir ko‘rsatadi.

Bu muhim transport arteriyasi nafaqat iqtisodiy balki siyosiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

1956 yil prezident Kamol Nosir tomonidan Suez kanalining milliylashtirilishi Suez inqirozini keltirib chiqardi hamda Britaniya va Frantsiya dastagi bilan Isroil qo‘shinlarini Sinayga kiritilishiga sabab bo‘ldi.

Buning oqibatida 1967 va 1973 yillarda arab-isroil urushi kelib chiqdi. Kanal qariyb sakkiz yil yopiq qoldi.

Misr - Yaqin Sharqda tinchlik garovi

1970 yilda Misr prezidenti etib saylangan Anvar Sadat Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga katta hissa qo‘shdi.

U o‘zidan oldingi prezident Kamol Nosirning panarabizm g‘oyasidan voz kechdi va 1973 yil Isroildan harbiy mag‘lubiyatga uchragach, tinchlik muzokaralari olib borishga qaror qildi.

U Quddusga tarixiy tashrifni amalga oshirdi.Unga javoban Isroil bosh vaziri Menaxim Begin Misrga keladi. Shu tariqa AQSh vositachiligida Kempt-Devid kelishuvi imzolandi.

Lekin buning orqasidan Anvar Sadat Arab davlatlari bilan munosabatlarga jiddiy putur yetkazdi, ko‘plari uni sotqinlikda ayblashdi.

Bir qator Arab davlatlari Misr bilan aloqani uzadi, mamlakatga iqtisodiy yordam to‘xtatiladi.

1981 yil Anvar Sadat islomiylar tarafidan o‘ldiriladi.

Isroilda ham Misr bilan tinchlik kelishuvlaridan norozilar ko‘p edi.

Shunga qaramay Sadat o‘limidan keyin hokimiyatga kelgan Husni Muborak uning yo‘lini davom ettirdi, Isroil va Falastin o‘rtasida vositachi rolini o‘ynab keldi.

G‘azo bo‘lgasi bilan chegaradosh Misr o‘zi tomonidan bu hududga to‘siq qo‘yilganini quvvatlaydi.

Misr - mintaqada G‘arbga eng yaqin mamlakat

1970 yillar Anvar Sadat Kamol Nosir qilgani kabi Sobiq Ittifoqqa orqa qilishni istamadi. 1972 yil Misrdan sovet harbiy maslahatchilari chiqarib yuborildi, 1976 yil SSSR bilan tinchlik bitimi bekor qilindi.

Isroil bilan tinchlik kelishuvlaridan so‘ng esa Qohira va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar 1984 yilgacha uzilib qoldi.

Buning o‘rniga Misr AQShning Arab dunyosidagi eng yaqin hamkoriga aylandi.

AQSh Misrga zamonaviy Amerika harbiy texnikalari bilan ko‘mak ko‘rsatdi.

Misr Amerikadan salmoqli moliyaviy yordam ola boshladi. Hozirda bu yiliga bir milliard dollardan ortiq bo‘lib, Misr armiyasiga eng zamonaviy harbiy qurollarni sotib olishga imkon berdi.

Lekin 2011 yilda Husni Muborakni ag‘darilishini quvvatlagan Vashington, uning o‘rniga islomiy Mursiyning kelishi bilan qiyin vaziyatda qoldi.

Muhammad Mursiy "Musulmon Birodarlar" qo‘lida tobora ko‘proq hokimiyatni ola boshlagani Vashingtonga yoqmadi.

2013 yil iyulda Misr armiyasi tomonidan Mursiyning ag‘darilishidan so‘ng AQSh sukut saqlashni ma‘qul ko‘rmoqda.

Amerika qonunlariga binoan, davlat to‘ntarishi bo‘lgan mamlakatga moliyaviy va harbiy yordam berish taqiqlanadi. Biroq rasmiy Vashington hodisani harbiy to‘ntarish deb atamadi.

Misr- Arab dunyosining yirik madaniy markazi

Misr- Yer yuzida qadim tsivilizatsiyaning beshiklaridan sanaladi.Hudud eramizdan oldingi 10 asrda paydo bo‘lgani olilar tomonidan aniqlangan. Qadim misrliklar bizning kunimizgacha yetib kelgan dunyoga mashhur arxitektura, madaniy va badiiy yodgorliklarni yaratganlar.

Misr adabiyoti, musiqa, moda, kino va televideniyesining zamonaviy arab madaniyatiga ta‘siri beqiyos.

Misr yozuvchi va shoirlari zamonaviy arab adabiyotida dastlabki eksperimentlarni amalga oshirganlar. 1988 yil Nog‘ib Mahfuz arab yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib Nobel mukofotini oldi.

Misrda Arab dunyosida mashhur 30 dan ortiq sputnik telekanallar ishlaydi, kinosanoati esa yiliga 100 dan ortiq filmlar ishlab chiqaradi.

Misr - asosiy sayyohlik mamlakatlaridan biri

Turizm - Misrga foyda olib keladigan asosiy sohalardandir.

Sayyohlarni mamlakatning boy madaniyati o‘ziga jalb qiladi. Misrning Giza, Karnak va Luksorda yaxshi saqlangan qadimgi ehromlari butun dunyodan sayyohlarni oqib kelishiga sabab bo‘ladi.

Misr dengiz dam olish maskanlarining yaxshi sharoiti, suv sportining rivojlangani va nisbatan past narxi ko‘pchilikni bu yerga chorlaydi.

Mamlakatdagi beqaror vaziyat bois qator davlatlar, jumladan Britaniya, AQSh va Rossiya o‘z fuqarolariga Misrga sayohat qilmaslikni maslahat bergan.