Qirg‘iziston: saylov uchastkasidagi otishma yuzasidan jinoyat ishi ochilgan

Image caption Hodisa mahalliy kengashlarga saylov payti ro‘y bergan

Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari xabar qilishicha, O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi saylov uchastkalaridan birida ro‘y bergan otishma yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Hodisa 18 avgust kuni kechqurun yuz bergan.

Bu yerda mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazilgan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Sotsial-Demokratik partiyasi va mamlakatda yangi tashkil etilgan "Onuguu" siyosi harakati vakillari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va mushtlashuv 5266-raqamli saylov uchastkasida ro‘y bergan.

Biroq saylov mas‘ullariga ko‘ra, mushtlashuv va otishma ovoz berish idorasida yuz bermagan.

Hodisada 50 dan ortiq kishini tashkil etgan olomon ishtirok etgani xabar qilinmoqda.

O‘sh viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tarqatgan xabarga ko‘ra, "Onuguu" siyosiy harakati vakili Qirg‘iziston Sotsial-Demokratik partiyasidan nomzodi ushbu uchastkadan ilgari surilgan nomzodni mushtlagan.

Bunga javoban Sotsial-Demokratik partiya vakili tarafdori yonidan o‘qotar qurol chiqargan va raqiblariga qarata o‘q uzgan.

Qorasuv tuman Ichki ishlar bo‘limidan Marat Orozboyevning ma‘lum qilishicha, bir kishi o‘qotar quroldan olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisada Sotsial-Demokratiya partiya vakili pichoqlangani xabar qilingan.

Pichoqlangan shaxsga hodisa joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgani, biroq u shifoxonaga yotishdan bosh tortganini aytgan Qorasuv politsiyasi mulozimi.

Sotsial-Demokratik partiyani Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev boshqaradi.

"Onuguu" siyosiy harakatiga Qirg‘iziston parlamenti a‘zosi Baqit Toroboyev yaqinda asos solgan.