Uzoq Sharqda suv sathi rekord darajaga ko‘tarilishi mumkin

Image caption 21-28 avgust orasida suv 7 metrgacha yetishi ogohlantirilmoqda

Tinimsiz yoqqan yomg‘ir natijasida Zeya va Amur daryolarining toshishi Uzoq Sharqning 140 aholi maskanlarini suv ostida qoldirgan.

Daryolardagi suv balandligi 6 metr 57 smga yetgani, Amurskoy viloyati, Xabarovskom o‘lkasi i Yevreysk muxtor viloyatidan 20 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilingani aytilmoqda.

Rossiya Favqulodda Vaziyatlar Vazirligiga ko‘ra, ayniqsa Amursk viloyatidagi vaziyat juda xavotirli. Jami 463 chaqirim yo‘l va 60 ta ko‘prikni suv bosgan.

Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli 45 ming gektar yerni suv yuvib ketgani oziq-ovqat bilan bog‘liq jiddiy muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin.

Rossiya FVV 29 mingdan ortiq odam va 5 mingdan ortiq texnika qutqaruv ishlariga jalb qilinganini bildiradi.

Ichimlik suvi muammo bo‘layotganligi sababli 36 tonna suv Krasnoyarskdan Blagoveshenskka yetkazilgan.

Meteorologlarning xabarlari bo‘yicha suv ko‘tarilishda davom etadi, 21-28 avgust orasida suv rekord daraja- 7 metrgacha yetishi ogohlantirilmoqda.

Faqat sentyabr oyiga borib suv sathining kamayishi xabar qilinadi.

8 sentyabrda Amursk viloyatining qator saylov maskanlarida mahalliy hokimiyatga saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak.

Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov uchastkasidan tasdiqlashlaricha, saylov bo‘limlari suv ostida qolgani, ovoz berish qutilari oqib ketgani va suv toshqinidan jabrlanganlarning kayfiyati hisobga olinib, ovoz berish muddati o‘zgartirilgan.

Odamlar asosan maktab binolariga ko‘chirilgani bois, yangi o‘quv yili muddati orqaga surilgan.

Ba‘zi odamlar talonchilar narsalarini olib ketishidan qo‘rqib, ko‘chishga ko‘nmayotganlari, ularni majburiy tarzda ko‘chirishga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Odamlar dizenteriya, gepatit, terlamaga qarshi emlay boshlangan.

"Amur daryosining bir qismi Xitoyga qarashli ekani sababli vaziyat yanada murakkablashadi. Suvning katta qismi Sungari va Ussuri daryolari orqali kelmoqda", - deydi Suv muammolari instituti rahbarlaridan Aleksandr Gelfan BBCga.

Suv bosgan mintaqalarni borib ko‘rgan BBC muxbiri ba‘zi odamlar uylarini talonchilardan qo‘riqlash uchun mehnat muhojirlari yoki itlarni qoldirib ketishganini aytadi.

Xabarovskda kuchli suv toshqini 1914 va 1928 yillarda ro‘y bergan. O‘shanda suv hajmi sakkiz metr 50 smga chiqqani qayd etilgan.

Dushanba kuni Yaqin Sharq mintaqasi rahbarlari, qutqaruvchilar va harbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqdagi infratuzilma tiklanishi, muhimi hech kim halok bo‘lmasligi kerakligini ta‘kidlagan.

Janob Putin mahalliy rahbarlardan mintaqadagi vaziyat haqida muntazam xabar berib turishni so‘ragan.