London ajoyibotlari: qanot ustida uchish

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

9 yashar ikki qizaloq uchayotgan aeroplanning qanotlarida yurabilgan dunyoda eng yosh qizlar nomiga sazovor bo‘lishdi.

Bir-biriga xolavachcha bo‘lgan Rouz Pauell va Fleym Bryuver Glosteshir grafligida uchgan ikki aeroplan qanotida tik turib uchib borishgan.

Ular o‘z oilalarida bu kabi amalni bajargan uchinchi nasl vakilalaridir.

Aeroplanlar esa ularning buvasi - pilot Vik Normanga tegishli bo‘lgan.

2009 yili Fleymning akasi Tayger ham 8 yoshida aeroplan qanotida uchgan.

Rouz va Fleymlarning aytishicha bu tajriba "bir umrga arzigulikdir".

"Aeroplan yerdan uzilganda rosa qo‘rqinchli, lekin tepada rosa zo‘r" - degan qizlardan biri.