Harbiy kema Rossiyadagi dam oluvchilarning o‘takasini yordi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Dunyoning havo yostiqchasi asosida ishlovchi eng yirik harbiy kemasi odamlar bilan to‘la sohilga chiqib ketgan.

Rossiyaning Boltiqbo‘yi sohilidagi yuz bergan hodisada o‘takasi yorilgan dam oluvchilar har tomonga qochishgan.

Dam olayotganlardan biri kemani tasvirga tushirgan.

Rossiya harbiylariga ko‘ra, kema harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lgan va sohil ham harbiy poligon hisoblanadi.

Hodisada hech kim jabr ko‘rmagan.