AQSh mudofaa vaziri: "Suriyaga qarshi hujumga tayyormiz"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Heygelning aytishicha, prezident Obama buyruq bersa qo‘shinlar Suriyaga qarshi amaliyotlarni boshlashga tayyordir.

"Biz Prezidentning har qanday buyrug‘ini bajarish uchun kerakli yerga lozim narsalarni ko‘chirdik", deb aytdi janob Heygel BBC bilan suhbatda.

Rossiya va Xitoy G‘arbni Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlamaslik borasida yana bir bor ogohlantirdilar.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi matbuot kotibiga ko‘ra, harbiy aralashuv uchun BMT Xavfsizlik Kengashini aylanib o‘tib, asossiz sun‘iy bahona topish urunishlari fojeaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.