Putinning ayollar ichki kiyimidagi surati galereyadan olib tashlandi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya politsiyasi Prezident Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedev ayollar ichki kiyimida hajv qilingan suratlarni Sankt Peterburg tasviriy san‘at galereyasidan musodara qilgan.

Ushbu tasviriy suratlarda Prezident Putin bosh vazirning sochlarini tarayotgani aks ettirilgandi.

Galereya egasiga ko‘ra, politsiya unga suratni olib tashlashga oid na biron bir rasmiy buyruq va na tushuntirish xati ko‘rsatgan.

Aytilishicha, hamjinsbozlik targ‘ibotiga qarshi qonun tarafdorlardan bo‘lgan an‘anador parlament a‘zosi hajv qilingan surat ham galereyadan olib tashlangan.

Videoyozuv ovozsiz berilmoqda