Vitaliy Klichko: "Ukrainani Ovro‘po darajasidagi mamlakat qilish niyatim bor"

Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi jahon chempioni Vitaliy Klichko 2015 yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligiga ishora qilgan.

Joriy prezident Viktor Yanukovchiga muxolif harakatga rahbarlik qilib kelgan 42 yoshli Klichko avtoritar rejimga qarshi ekanligini aytadi.

"Prezidentlik saylovida qatnashish haqida o‘ylamoqdaman", - dedi "mushti temir", deya yuritiluvchi bokschi.

Vitaliy Klichkoning g‘arbparast partiyasi "Udar", ya‘ni "Zarba" deya nomlanadi.

Klichkoning aytishicha, o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yish-qo‘ymaslik haqida kelgusi bir necha oy mobaynida qaror qabul qiladi.

"Mening asosiy maqsadim Ukrainani Ovro‘po andozalariga mos, zamonaviy davlatga aylantirish", - dedi Vitaliy Klichko.

Klichko Britaniyaning Derek Chizorasini 2012 yili fevral oyida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Klichko anchadan beri siyosiy sahnada faoliyat yuritadi. U avval Kiev hokimi uchun saylovlarda ham nomzod sifatida qatnashgan.

U mamlakatdagi korruptsiya darjasi va muxolifat rahbari Yuliya Timoshenkoning qamoq jazosiga hukm qilinishiga qarshi gapirgan.

"Siyosiy mahbuslarga ega mamlakat demokratik mamlakat bo‘la olmaydi".

Klichko Ukrainaning Ovro‘po bilan aloqalari mustahkamlanishi tarafdori.

"Biz kelajagimizni Ovro‘po oilasi a‘zosi sifatida ko‘ramiz. Bizning mentalitetimiz ovro‘pocha, tariximiz o‘xshash".

Prezident bo‘lib qolsa boks nima bo‘ladi?

Klichkoning aytishicha, prezidentlik uning ringdagi faoliyatiga nuqta qo‘ymaydi.

"Sport hamisha mening qalbimda", - deydi u.

Klichko hozirda qo‘lidagi jarohatini da‘volamoqda. U biladiki, siyosiy raqiblar bilan "ringga" chiqish uchun ko‘p kuch kerak.

"Ukrainada siyosatda qonunlarga rioya qilinmaydi. Bu boks emas".