London politsiyasi qo‘llaydigan texnika eskirib qolgan

Image copyright Reuters
Image caption London politsiyasi qo‘llaydigan texnika eskirib qolgan

London politsiyasi qo‘llaydigan texnika vositalari eskirgani tufayli poytaxtda jinoyat darajasi yuqoriroqdir deb bildirgan London Anjumani hisoboti.

Bu hisobotga ko‘ra shahar politsiyasi xodimlari ishga kelishar ekan, huddi "vaqtni teskari kechib o‘tishga" majburdirlar.

Skotlend Yardning byudjeti qisqartirilar ekan, texnika vositalarini yangilab olishi katta muammoga aylanadi, deb bildirgan bu hisobot.

Politsiyaning o‘zi esa ushbu hisobotni olqishlagan.

Hisobot ma‘lumotlariga qaraganda "Politsiya qo‘llayotgan texnik vositalari eski, unumsiz va qimmatdir. Politsiyaning bu xususda aniq bir strategiyasi yo‘q".

"Politsiya ancha mablag‘ni texnik vositalarga sarflaydi, biroq mablag‘ning asosiy qismi yangi texnologiyalarni kiritishga emas, balki eski vositalarni tuzatishga sarflanadi".

"Oqibatda politsiya zobitlari o‘z ishlarininig unumdorligini oshirishdan mahrum bo‘lib, jinoyat darajasi Londonda o‘sib bormoqda", - deb xulosalaydi hisobot.

"Hozirgi kunda planshet va qo‘l telefonlari ancha arzon, biroq politsiya zobiti ko‘pincha oddiy ma‘lumotni qo‘lga kiritishi uchun politsiya idorasiga sim qoqib yo ratsiya bilan bog‘lanib, bu ma‘lumotni oladi", - deb tanbeh beradi hisobot.

"Zobitlar o‘z uylarida bu kabi texnika vositalariga ega, biroq ishga kelgach huddi "vaqtni teskari kechib o‘tishga" majburdirlar.

London politsiyasining bayonotida aytilishicha "Biz bu hisobot va uning yo‘riqlarini olqishlaymiz".