Qashshoqlik zehniy qobiliyatni chegaralaydi

Tadqiqotchlarga ko‘ra, qashshoqlik aqliy faoliyatga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

"Science" jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarida aytilishicha, kambag‘allik insonning zehniy potentsialiga ham zarar yetkazadi.

Halqaro tadqiqotchilardan iborat guruh Hindiston va AQSh da izlanishlar olib borgan.

Avvalgi tadqiqotlar qashshoqlikda yashayotganlar hamisha ham turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qilmasliklarini ko‘rsatgandi, lekin bu ikki omil o‘rtasidagi bog‘liqlik savol ostida edi.

Amerika, Britaniya va Kanadalik olimlardan tashkil topgan guruh bu savolga javob izlashga harakat qilgan.

Hindistondagi shakarqamish yetishtiruvchi fermerlar hayot tarzi o‘rganib chiqilgan.

U yerdagi fermerlar hayoti qator bosqichlardan o‘tadi: hosildan avval, ya‘ni shakarqamishni yetishtirish uchun qarzlar olingan davr - qashshoqlik davri. Keyingi bosqich hosil yig‘ilgan, lekin hali foyda qo‘lga kelib tushmagan davr - o‘ta qashshoqlik davri. Va nihoyat hosil sotilib, foyda qo‘lga kelib tushgan davr - nisbatan to‘qlik davri.

Britaniyadagi Varvik Universitetidan doktor Anandi bu davrlar mobaynida fermerlar uchun turli zehniy mashqlar bergan. Ma‘lum bo‘lishicha, zehniy topishmoqlarni yechishda har davrda natija turlicha bo‘lgan.

"Fermerlar qo‘llarida ko‘proq pul bo‘lgan vaqti, aqliy faoliyatlari o‘tkirroq bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin edi".

Bu kabi natija faqatgina Hindistondagi fermerlarga taaluqli emasligini tekshirib ko‘rish maqsadida AQShda ham shunga o‘xshash tajriba o‘tkazilgan.

Biri o‘ziga to‘q va boshqasi kambag‘allardan tashkil topgan guruhga ularning moliyaviy vaziyati haqida hayoliy vaziyatni keltirib chiqarish so‘ralgan va zehniy topishmoqlar berilgan.

"Natija shu bo‘ldiki, vaziyat moliyaviy jihatdan qulay bo‘landa ikki guruhning orasidagi farq kam bo‘lgan. Lekin vaziyat og‘irlashishi bilan kambag‘allar guruhidagi natija tushib ketgan".

Tadqiqot xulosasi shuki, kambag‘allikda, moliyaviy muammolar haqida mutassil o‘ylash bilan zahnning resurslari shu yo‘nalishda ko‘plab ishlatiladi va boshqa sohadagi turli aqliy vazifalar uchun kamroq resurs qoladi.

Ushbu xulosalar mutassil ravishda moliyaviy muammolar bosimi ostida bo‘lish jamiyatdagi ba‘zilar uchun hamisha pastga qarab ketish omili ekanligini namoyish etmoqda.

"Umid qilamizki bu tadqiqot natijalari kambag‘allarga nisbatan xayrixohroq munosabatni shakllantiradi. Chunki noto‘g‘ri qarorlarni hayotda hamma qiladi, ammo kambag‘allar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan omillar tufayli ko‘proq bunga moyil bo‘ladilar", - dedi tadqiqot guruhi vakillaridan biri.